Visual Capitalist taqdim etgan reytingda «Katta yigirmatalik» - G20 aʼzolari 2026-yildagi real yalpi içki mahsulot ösişi prognozi böyiça taqqoslangan. Materialda qayd etilişiça, hisob-kitoblarga Xalqaro valyuta jamğarmasining World Economic Outlook hisoboti yangilanişidagi prognozlar asos qilib olingan.

Geosiyosiy nizolar va taʼminot zanjirlaridagi uzilişlarga qaramay, jahon iqtisodiyotining 2026-yilda 3 foizga ösişi kutilmoqda. Biroq yirik iqtisodiyotlarning ösiş surʼatlari bir-biridan sezilarli farq qiladi.

Real YAIM ösişi inflyatsiya taʼsirini hisobdan çiqaradi. Şu bois bu körsatkiç işlab çiqarilgan tovarlar va körsatilgan xizmatlar hajmidagi özgarişni baholaşga yordam beradi.

2023-yilda G20 aʼzosiga aylangan Afrika Ittifoqi reytingga kiritilmagan. Materialda bu birlaşma yagona iqtisodiyot yoki umumiy bozor emasligi bilan izohlangan.

Osiyo mamlakatlari yetakçilik qilmoqda

Reytingning yuqori örinlarini Osiyo davlatlari egallagan. Hindiston iqtisodiyoti 6,4 foizga, Indoneziyaniki 5 foizga, Xitoyniki esa 4,6 foizga ösişi prognoz qilingan.

Hindistonda ösişni yirik davlat investitsiyalari va barqaror isteʼmol xarajatlari qöllab-quvvatlamoqda.

Materialda keltirilgan prognozga köra, Hindiston 2026-yilda dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari orasidagi oltinçi örindan 2031-yilga borib uçinçi öringa kötarilişi mumkin. Bankir Jeymi Daymon ham Hindiston iqtisodiyoti yaqin ön yilda uç baravarga ösişi mumkinligini aytgan.

Indoneziya tabiiy resurslari va xomaşyo narxlarining yuqoriligidan foydalanib, mamlakat içida qayta işlaş sanoati hamda infratuzilmani rivojlantirmoqda.

Uşbu uç mamlakat orasida iqtisodiyoti eng yirigi bölgan Xitoy uçun 4,6 foizlik ösiş avvalgi ön yilliklardagi surʼatlardan ança past. Köçmas mulk bozoridagi zaiflik va kuçayib borayotgan demografik bosim iqtisodiy ösişni çeklayotgan omillar sifatida körsatilgan.

Yevropada ösiş sust bölişi kutilmoqda

Yevropa mamlakatlari reytingning quyi qismida köproq örin olgan. Prognozga köra, 27 davlatni birlaştiruvçi Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti 1,2 foizga, Rossiya iqtisodiyoti esa 1,1 foizga ösadi.