Maoş – işlaş va yaşaş joyini tanlaşga ta’sir qiluvçi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Yuqori oylik nafaqat munosib turmuş tarzini ta’minlaydi, balki mamlakat taraqqiyoti darajasini ham körsatadi. Umuman olganda, hayotda hamma yaxşi yaşaşga intiladi. Mehnatga yaraşa köp maoş oliş köpçilikning orzusi. Biroq ba’zi davlatlarda ayni körinişdagi mehnat turliça baholanadi. Xöş, dunyo mamlakatlarida örtaça maoş qançani taşkil qiladi?
Örtaça oylik daromad eng yuqori bölgan mamlakatlar
Xalqaro mehnat bozoriga oid ma’lumotlarni taqdim etib boruvçi Zippia’ga köra, 2023 yilda global miqyosidagi örtaça maoş yillik 12 ming 235 dollarni taşkil etgan. Bu körsatkiç 1950 yilda 3 ming 300 dollar bölgan va ötgan davr mobaynida 270 foizga oşgan.
Örtaça oylik iş haqi (soliqdan keyingi sof daromad) eng yuqori bölgan 10 ta davlat:
- Şveytsariya – 6117 dollar;
- Lyuksemburg – 5318 dollar;
- Singapur – 5060 dollar;
- AQŞ – 4232 dollar;
- Islandiya – 4120 dollar;
- Qatar – 3937 dollar;
- Daniya – 3529 dollar;
- BAA – 3502 dollar;
- Avstraliya – 3493 dollar;
- Niderlandiya – 3488 dollar.
Özbekistonda örtaça iş haqi qança?
Numbeöning yangilangan ma’lumotlari böyiça örtaça oylik «toza» iş haqi böyiça mamlakatlar reytingida Özbekiston 94 mamlakat içida 82-örinni egallagan. Mamlakatda sof iş haqi 368 AQŞ dollarini taşkil qilgan.
Reytingda Turkiya 58-örinni (627dollar), Qozoğiston 61-örinni (592 dollar) va Rossiya 64-örinni (554 dollar) egallagan. Qirğiziston, Turkmaniston va Tojikiston böyiça ma’lumotlar yöq.
Ayni paytda Özbekistonda eng kam iş haqi miqdori 1 mln 50 ming sömni yoki Markaziy bankning rasmiy kursi böyiça (16 fevral holatiga köra) 84 dollarni taşkil qiladi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2023 yilning yakunida respublika böyiça örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 4 mln 551 ming söm yoki 364 dollar bölgan.
Mehnat migratsiyasida geografik diversifikatsiya
Mehnat migrantlari yuborgan pullar uzoq yillardan beri Özbekiston iqtisodiyotida muhim örin tutib keladi va aholi turmuş xarajatlarining sezilarli qismini qoplaydi. Xususan, 2023 yilda mamlakatga 11,4 mlrd dollarlik pul ötkazmalari kirib kelgan. Bu yalpi içki mahsulotning 12,5 foizdan köproq qismini taşkil etadi.
Şu paytga qadar özbek migrantlari eng köp yöl oluvçi davlatlar uçligi quyidagiça şakllanib kelgan: Rossiya, Qozoğiston, Turkiya. Umuman olganda esa özbek migrantlarining katta qismi Rossiyaga borib işlaydi. Ammo quyidagi qator sabablar istiqbolda uşbu mamlakatga borib işlovçilar sonining kamayişiga ta’sir qilişi mumkin:
- Rossiya qonunçiligiga migrantlar uçun qattiq talablarning kiritilayotgani, ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari muhojirlaridan haddan taşqari köp hujjatlar talab qiliş böyiça yangrayotgan çaqiriqlar;
- Ukrainadagi bosqinçilik uruşi fonida Rossiya iqtisodiyoti murakkab davrni boşdan keçirmoqda. Sanksiyalar va iş örinlarining qisqarişi ortidan uşbu mamlakatda işlaş migrantlar uçun jozibadorligini yöqotib bormoqda. Masalan, Özbekistonning özida ham Rossiya darajasida maoş bera boşlagan taşkilotlar soni köpayyapti;
- Rossiyada migrantlar huquqlarining ta’minlanganlik darajasi ança past. Şuningdek, ularni uruşga jönatiş böyiça olib borilayotgan tarğibot va amaliy harakatlar kölami oşib bormoqda. Bu esa mehnat muhojirlari uçun ölim xavfini yaratadi.
Uşbu jihatlarni inobatga olgan holda, hukumat mehnat migratsiyasi yönalişlarini diversifikatsiya qilişga harakat qilmoqda. Xususan, oxiri oylarda bu borada bir qator samarali işlar olib borildi:
- Janubiy Koreya özbekistonliklar uçun 37 ming böş iş örni (işlab çiqariş, qişloq xöjaligi, xizmat körsatiş, quriliş sohalarida) taklif qildi. Maoşlar – örtaça 2-2,5 ming dollar;
- Germaniya 50 ming nafargaça iş örni taklif qilgan. Maoşlar – 1-2 ming yevrodan boşlanadi;
- Buyuk Britaniyada işlaş istagida bölgan fuqarolar mavsumiy qişloq xöjaligi işlariga taklif qilinmoqda. Iş haqi soatiga 10,42 funtdan boşlanadi;
- Bandlik vaziri Behzod Musayev Kanadaning Özbekistondagi elçisi Alam Xemson bilan özbekistonliklarni Kanada mehnat bozoriga jalb qiliş böyiça muzokara ötkazdi;
- Saudiyada Özbekistondan malakali işçilarni jalb etiş masalasi muhokama qilingan;
- Özbekistonliklar Yaponiyaga quriliş va işlab çiqariş sohalarida işga taklif etiladi. Quriliş sohasida oylik maoş 1500 dollardan, işlab çiqariş sohasida 1100 dollardan boşlanadi;
- Bolgariyaning Özbekistondagi muvaqqat işlari vakili S.Rusinova bilan Özbekiston fuqarolarini Bolgariyaga işga jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.
Alohida ta’kidlaş lozimki, mehnat migrantlaridan ta’sir ötkaziş va tahdid qiliş vositasi sifatida foydalanayotgan ayrim davlatlarga qaramlikni kamaytiriş uçun ham mehnat migratsiyasi yönalişlarini diversifikatsiya qiliş ham siyosiy tomondan, ham iqtisodiy tomondan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu işlar hukumat darajasida davom ettirilişi va töxtab qolmasligi zarur.
Doston Ahrorov tayyorladi.












