Özbekiston fuqarolari bir neçta sohalarda Germaniyada iş faoliyatlarini olib borişlari mumkin. Bu haqda Kun.uz’ga Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, agentlik tomonidan özbekistonliklarga xorijiy iş beruvçilar bilan hamkorlikda Germaniyada bir neçta sohalardagi böş iş örinlari taklif etilmoqda.
Uşbu davlatda işlaş istagi bölgan nomzodlar quyidagi soha va kasblarda böş iş örinlari uçun röyxatdan ötişlari mumkin:
− hamşira;
− yuk maşinasi haydovçisi;
− yuk va qişloq xöjaligi maşinalariga texnik xizmat körsatiş;
− mehmonxona;
− restoran;
− turizm;
− hunarmandçilik;
− mexatronika;
− quriliş va boşqa sohalar.
Nomzodlarga ausbildung (dual ta’lim) asosida işga jalb qilinganda 1000 yevrodan, töğridan-töğri işga jalb qilinganda 2000 yevrodan boşlanuvçi maoş taklif etilyapti. Şuningdek, nomzodlar uçun respublika hududlarida nemis tili kurslarini taşkil etiş imkoniyati mavjudligi, buning uçun röyxatdan ötgan öquv markazlari ham hamkorlik qilişi mumkinligi aytilmoqda.

















