Özbekistonning YuNeSKO huzuridagi doimiy vakili Kamol Muxtorov taşkilot boş direktorining kommunikatsiya va axborot masalalari böyiça örinbosari Taufik Jyelassi bilan uçraşdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Özaro hamkorlikni oşiriş uçun «yangi ösiş nuqtalari» bölişi mumkin bölgan bir qator aniq yönalişlar muhokama qilindi. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvçi qonunçilik bazasini yanada takomillaştiriş, ularni uşbu sohadagi asosiy xalqaro standartlar va hujjatlarga muvofiqlaştiriş, Özbekistonda rejalaştirilgan saylovlarga tayyorgarlik köriş va uni taşkil etiş jarayonini yoritiş böyiça jurnalistlar hamda tegişli davlat va nodavlat idoralari salohiyatini kuçaytiriş, Adliya organlarining jamoatçilik bilan aloqalarni saqlaş va rivojlantiriş uçun mas’ul xodimlari (jurnalistlar)ning malakasini oşiriş loyihalari şular jumlasidandir.

Özbekiston Axborot kodeksi loyihasini muhokama qiliş uçun YuNeSKO bilan ekspert maslahatlaşuvlarini ötkaziş imkoniyatlari ham körib çiqildi. «Axborotdan erkin foydalaniş xalqaro kuni munosabati bilan Toşkent deklaratsiyasi» rezolyutsiyasini tarğib qilişga bağişlangan qator tadbirlarni taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.