Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) ozodlikka çiqarildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Manbaga köra, unga tayinlangan 15 sutka qamoq jazosi taftiş tartibida qayta körilib, tayinlangan jazo özgartirilgan va u ozodlikka çiqarilgan.

Abror Abduazimov 6 fevral kuni jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi qarori bilan ma’muriy iş doirasida qamoqqa olingan. U Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 194- va 195-moddalarida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etişda aybli deb topilgandi.

Iş tafsilotiga köra, Abror Abduazimov va Xusrav Nasrullayev 2024 yil 6 fevral kuni Toşkent şahar Şayxontohur tumani «Örda» MFY hududida joylaşgan Şayxontohur tuman hokimligida baqir-çaqir qilib janjal kötarişgan. Ular holatga aniqlik kiritiş maqsadida kelgan içki işlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan, ularga ommaviy ravişda böysunmasdan, ommani öziga jalb qilib, IIO xodimlariga nisbatan soxta uydirmalarni tarqatgan.

Sud qarori bilan Abror Abduazimov va Xusrav Nasrullayev Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 194-moddasining 1-qismi (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasida (Içki işlar organlari xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganda aybli deb topilib, ularga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari, ya’ni 340 000 söm jarima jazosi tayinlangandi.