16 fevral kuni Jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida Abror Muxtor Ali nomi bilan tanilgan fuqaro Abror Abduazimovga nisbatan mustaqil jurnalist Nikita Makarenko tomonidan berilgan ariza yuzasidan sud jarayoni bölib ötdi.
Makarenkoning xabar berişiça, öz arizasida unga nisbatan işonçsiz, tuhmat va haqoratomuz xabarlar tarqatilişi yuzasidan çora körişni söragan.
«Sudya işni har tomonlama körib çiqib, fuqaro Abror Abduazimovni Özbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 202-2-moddasi birinçi qismida nazarda tutilgan harakat – şaxs qadr-qimmatini kamsitişga yoki uni obrösizlantirişga olib keladigan yolğon ma’lumotlarni tarqatişda aybdor deb topdi. Sudya jarima körinişida jazo tayinladi», deb yozgan Makarenko.
Uning qöşimça qilişiça, sudya haqoratli sözlar mavjudligi sababli işni jinoyat işi tarkibiga özgartiriş töğrisidagi iltimosnomani qanoatlantirmagan.
2022 yil dekabr oyida Nikita Makarenko Abror Muxtor Ali nomi bilan tanilgan fuqaro unga nisbatan tuhmatni öz içiga olgan hamda «Photoshop» dasturida soxtalaştirilgan xabarlarni e’lon qilganini bildirgan edi. Jurnalist holat yuzasidan Içki işlar vazirligiga murojaat qilgan.
Ma’lumot uçun, MJtKning 202-2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan bu turdagi huquqbuzarlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari miqdorida (15 mln söm) jarima jazosi belgilangan.













