Umri qisqa bölgan Turkiston muxtoriyati. Uning yetakçilari taqdiri qanday keçgan?
|00:42 / 21.02.202457 44416 min
Bundan 106 yil muqaddam, 1918 yil 19 fevral kuni Markaziy Osiyoda tuzilgan birinçi demokratik davlat – Turkiston muxtoriyati bolşeviklar tomonidan yiqitiladi. Şundan söng bir neça kun Qöqon va uning atrofidagi hududlarda bolşeviklar va arman daşnoqlari tomonidan «tozalaş» ötkaziladi va köplab odamlar qirib yuboriladi. Quyida Turkiston muxtoriyatining tuzilişi va yiqitilişiga doir ma’lumotlar taqdim etiladi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
XIX asrning birinçi yarmidan boşlab Markaziy Osiyo hududlari asta-sekinlik bilan Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olina boşlangandi. Avvaliga Qozoq xonligi yiqitiladi va uning hududi imperiya tarkibiga qöşib olinadi.
Asr örtalariga kelib imperiya Qöqon xonligi hududiga hujum qila boşlaydi. Oxir-oqibat 1860 yilda Pişpak (hozirgi Bişkek), 1864 yilda Avliyo Ota (hozirgi Taroz) va Çimkent, 1865 yilda Toşkent ruslar tomonidan egallanadi.
Köp ötmay Qöqon xonligi butunlay tugatiladi va uning hududi töliq Rossiyaga qöşib olinadi. Mintaqadagi Buxoro amirligi va Xiva xonligi vassal davlatlarga aylantiriladi. Çor Rossiyasi özi egallagan hududlarda bir neçta general-gubernatorlik tuzadi.
XX asr boşiga kelib Rossiyada vaziyat özgara boşlaydi. Mamlakatda monarxiyaga, jumladan Nikolay II boşqaruviga qarşi harakatlar kuçayadi.
Bu harakatlar orasida Rossiyani işçi va dehqonlar respublikasiga aylantirişni maqsad qilgan bolşevik işçilar sotsial-demokratik partiyasi (RSDRP(b) deb ham yuritiladi) alohida ajralib turardi.
Bu harakat Rossiya va Yevropadagi aksariyat mamlakatlar 1914 yilda boşlangan jahon uruşi bilan ovora bölib turganida Nikolay II’ni taxtdan ağdariş yölida jiddiy harakatlar boşlaydi.
Uruş tufayli holdan toyib borayotgan imperiyaning turli hududlarida uruşga va monarxiyaga qarşi namoyişlar avj oladi. Oxir-oqibat 1917 yil fevral oyida Rossiyada inqilob amalga oşiriladi.
Imperator Nikolay II çorasiz qolib, taxtdan voz keçişga majbur böladi va hokimiyat vaqtinçalik muvaqqat hukumat qöliga ötdi.
Şundan söng bolşeviklar yanada faollaşib, hokimiyatni muvaqqat hukumatdan tortib oliş uçun harakat boşlaşadi. Çor Rossiyasi imperiyasi parçalanişi muqarrar bölib qoladi.
XX asr boşlarida Rossiya imperiyasi şunday körinişda bölgan. Öşa paytda Buxoro amirligi, Xiva xonligi va Tiva imperiya tarkibiga kirmagan. Aksinça, Finlandiya va Polşa Rossiya tarkibida bölgan.
Eng avval imperiya tarkibidan Polşa va Finlandiya çiqib ketadi. Söng Rossiya qöl ostida bölgan Kavkaz va Markaziy Osiyoda milliy davlatlar tuzişga kirişiladi.
Jumladan, Markaziy Osiyo şimolida Alaş Örda, hududning markaziy va janubiy qismida Turkiston muxtoriyati tuziş uçun harakatlar boşlanadi. Biroq har ikki davlat ham uzoq yaşamaydi.
Mavzuga oid
Turkistonda mustaqillik uçun harakatlar
Nikolay II ağdarilib, hokimiyat muvaqqat hukumat ixtiyoriga ötganidan söng Turkiston ölkasida ham turli siyosiy harakatlar faollaşadi. Ular qatorida xalq orasida ta’sir doirasi eng katta bölganlari «Şöroi islomiya» va «Şöroi ulamo» harakatlari edi. Bu ikki harakat ham Nikolay II taxtdan quvilgandan söng taşkil etilgandi.
1917 yil oktyabr oyida bolşeviklar Rossiyada davlat töntarişi uyuştirişadi. Muvaqqat hukumatni ağdarib taşlab, hokimiyatni öz qöllariga olişadi.
Turkistonning turli şaharlarida, jumladan, ölkaning siyosiy poytaxtiga aylanib ulgurgan Toşkentda ijtimoiy-siyosiy harakatlar kuçayadi. «Şöroi islomiya» va «Şöroi ulamo» harakatlari Turkistonda milliy davlatçilikni taşkil etiş uçun yiğinlar uyuştira boşlaydi.
Biroq bolşeviklar Rossiyaning çekka hududlarida joylaşgan yerlarini şunçaki berib qöymoqçi emasdi. Şu sababli Toşkentda hokimiyatni temiryöl işçisi Kolesov boşçiligidagi Turkiston işçi-dehqon soveti egallab oladi va Turkiston xalq komissarlari sovetini tuzadi. Bu taşkilot tarkibida birorta ham mahalliy millat vakili yöq edi.
Şundan söng Turkistonda milliy davlatçilik tuziş istagida bölgan harakatlar kuçli bosim ostida qoladi va qarorgohlarini Qöqonga köçirişga majbur böldi.
Qöqondagi maydon, XX asr boşlarida
Qurultoy va Turkiston muxtoriyati
1917 yil 26–28 noyabr kunlari Qöqon şahrida katta qurultoy bölib ötadi. «Umumturkiston ölka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi» deb nomlangan yiğilişga Markaziy Osiyoning barça hududlaridan vakillar çaqiriladi.
Yiğilişda qatnaşayotgan köpçilik musulmon ziyolilarning xohiş-istagi bilan Qurultoyga Turkiston ölkasida yaşovçi Yevropa millatiga mansub vakillar ham qatnaşdi.
Qurultoyda asosiy muhokama Turkiston kelajagi haqida böladi. Vakillar Turkistonni mustaqil davlat deb e’lon qiliş yoki Rossiya tarkibida muxtor respublika sifatida qoldiriş masalasini körib çiqişadi.
Oxir-oqibat köpçilik vakillar Turkiston ölkasini Rossiya tarkibida muxtor respublika deb e’lon qiliş kerak deb ovoz berişadi. 1917 yil 27 noyabr kuni bu haqda qaror qabul qilinadi.
Qarorda şunday deyilgandi: «Turkistonda yaşab kelayotgan turli millatga mansub aholi Rossiyada inqilob sodir etgan bolşeviklar tomonidan xalqlarning öz haq-huquqlarini özlari belgilaş haqidagi gaplaridan kelib çiqib, Turkistonni Rossiya sovet federativ sotsialistik respublikasi tarkibida muxtor hudud deb e’lon qiladi».
28 noyabr kuni davom etgan yiğilişda qurultoyga kelgan vakillar Turkistonda taşkil topayotgan yangi muxtor davlatning nomi «Turkiston Muxtoriyati» deb atalişi uçun ovoz beradi.
Şuningdek, Turkiston ölkasida hokimiyat Turkiston Muxtoriyati muvaqqat kengaşi va Turkiston Muxtoriyati xalq majlisiga ötişi haqida qaror qabul qilinadi.
Turkiston muxtoriyati hukumati tarkibi
Turkiston muxtoriyati hukumati tarkibiga Turkiston muxtoriyati muvaqqat kengaşi a’zolari orasidan 12 kişi tanlab olinadi. Muxtoriyat milliy majlisiga 32 kişidan iborat vakil saylanadi.
Muxtoriyat muvaqqat hukumati tarkibi quyidagi şaxslardan iborat böladi:
Muhammadjon Tinişboyev – boş vazir, içki işlar vaziri, 2-çaqiriq Rossiya davlat dumasi a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston qömitasi a’zosi, temiryöl muhandisi, millati qozoq;
Islom Sulton Şoahmedov – boş vazir örinbosari, Butunrossiya musulmonlari kengaşi markaziy qömitasi a’zosi, huquqşunos, millati tatar;
Mustafo Çöqay – taşqi işlar vaziri, Muvaqqat hukumat Turkiston qömitasi a’zosi, Turkiston ölka Musulmonlar şörosi raisi, huquqşunos, millati qozoq;
Ubaydulla Xöjayev – Mudofaa vaziri, Butunrossiya musulmonlar kengaşi markaziy qömitasi a’zosi, huquqşunos, millati özbek;
Hidoyatbek Yurğuli Oğayev – yer va suv boyliklari vaziri, agronom, millati özbek;
Obidjon Mahmudov – oziq-ovqat vaziri, Qöqon şahar Dumasi raisi örinbosari, jamoat arbobi, millati özbek;
Abdurahmon Örozayev – içki işlar vaziri örinbosari, huquqşunos, millati qozoq;
Solomon Abramoviç Gersfeld – moliya vaziri, huquqşunos, millati yahudiy;
Mahdi Çanişev – qurolli kuçlar qömondoni, millati tatar;
Hoji Muhammad Ibrohim Hojiyev (kiçik Ergaş) – Qöqon uyezdi militsiyasi boşliği, keyinçalik Mahdi Çanişev örniga muxtoriyat qurolli kuçlari qömondoni bölgan, millati özbek.
Muvaqqat hukumat tarkibiga kirişi lozim bölgan qolgan tört örin yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar körsatilişi uçun ularga ajratildi.
Turkiston muxtoriyatining yiqitilişi
Turkiston muxoriyati tuzilgaç, hukumat vakillari hududlarda muxtoriyat tuzilmalarini taşkil eta boşlaşadi. Taniqli va tajribali huquqşunoslar jalb etilib, Muxtoriyat konstitutsiyasini tayyorlaş işlariga kirişiladi. Muxtoriyat hukumati tomonidan özbek, qozoq va rus tillarida hukumat gazetalari naşr etila boşlanadi.
Yangi taşkil etilgan davlat uçun uçun mudofaa işlari ham juda dolzarb edi. Şu sababli hukumat armiya taşkil etişga kirişadi. Muxtoriyat mudofaa vaziri Ubaydulla Xöjayev qisqa muddatda 2 mingdan oşiq askarga ega armiya tuzadi.
Şuningdek, öşa paytda Qöqon uyezdi militsiya otryadlari boşliği Ergaş qöl ostida ham muxtoriyat armiyasiga yordamga şay bölgan minglab mirşab bor edi.
Turkiston muxtoriyati hukumati öz tuzilmalarini taşkil etar ekan, bolşeviklar tomonidan Toşkentda ham alohida avtonom respublika tuziş harakatlari boşlanadi.
1918 yil yanvar oyida Toşkentda Turkiston ölkasi işçi, soldat va dehqon deputatlarining favqulodda IV s’yezdi bölib ötadi. Unda ölka bolşeviklarining Turkistonda RSFSR tarkibiga kiradigan avtonom respublika tuziş taklifi qabul qilinadi. Ular bu davlatga Turkiston sovet sotsialistik avtonom respublikasi (TASSR) deb nom berişadi.
Bundan taşqari, s’yezdda Turkiston muxtoriyati noqonuniy tuzilma deb e’lon qilinadi. Qöqonga harbiy yuriş qilib, muxtoriyatni ağdarib taşlaş masalasida bir qarorga kelinadi.
Toşkentda bolşeviklar tomonidan tuzilgan muxtoriyat aslida nomiga tuzilgan bölib, maqsad Turkistonni bolşeviklarga mutlaq böysundiriş edi.
Qöqonda tuzilgan muxtoriyat kuçayib ketsa keyin ularni yengiş qiyin bölardi. Buni yaxşi anglagan Toşkent bolşeviklari rahbari Kolesov Moskvadan yordam kuçlari yuborişni söraydi.
Markaz mintaqaga 11 ta eşelonda 10 mingdan oşiq askar jönatadi. Ularga arman daşnoqlari ham qöşiladi. Askarlar Toşkentga yetib kelganidan söng Qöqonga yuboriladi.
Arman daşnoqlari
1918 yil 30 yanvar kuni Turkiston xalq komissarlari soveti boşçiligidagi armiya Turkiston muxtoriyati hukumatini tugatiş uçun Farğona vodiysida harbiy harakatlarni boşlaydi.
Bolşeviklar muxtoriyat hukumatiga taslim böliş va ixtiyoridagi armiyani tarqatib yuboriş talabini qöyadi. Muxtoriyat hukumati bu talabga rozi bölmaydi. Şundan söng 1918 yil 31 yanvar kuni bolşeviklar armiyasi hujum boşlaydi.
Öşa paytda Turkiston muxtoriyati armiyasida qurol-yaroğ, öq-dori yetişmas, askarlar mahorati ham haminqadar bölgan. Aksinça, bolşeviklarga töxtovsiz yordam kelib turadi. Şu sababli muxtoriyat armiyasi birin-ketin mağlubiyatga uçray boşlaydi.
Qariyb uç hafta davom etgan qaqşatqiç janglardan söng 1918 yil 19 fevral kuni Turkiston muxtoriyati armiyasi tamomila mağlubiyatga uçraydi. Oqibatda muxtoriyat hukumati bolşeviklar tomonidan ağdarib taşlanadi. Şturm çoğida Qöqon vayron qilinadi.
Muxtoriyatning yuqori lavozimli amaldorlari va vazirlari ham qölga qurol olib janglarda iştirok etadi. Ularning ayrimlari halok böladi, boşqalari bolşeviklar tomonidan qölga olinadi.
Muhammadjon Tinişboyevning iste’fosidan söng muxtoriyat hukumati raisi bölgan Mustafo Çöqay Qöqonni tark etadi va yaşirinadi.
Bolşeviklar armiyasi va ular bilan bir safda turib muxtoriyat armiyasiga qarşi jang qilgan arman daşnoqlari heç kimni ayamaydi va yölida uçragan odamlarni qiliçdan ötkazadi.
Ular muxtoriyat armiyasi askarlaridan taşqari Qöqon şahri va uning atrofidagi hududlar aholisidan 10 ming kişini öldiradi. Qöqon egallangaç daşnoq tödalari Farğona vodiysiga tarqalib, Çust, Bozorqörğon, Marğilon va boşqa joylarda qirğin uyuştiradi.
Şundan söng vodiyning turli hududlarida bolşeviklar armiyasiga oddiy xalq qarşi çiqadi va ozodlik uçun janglar bölib ötadi. Bu janglar Turkistonning turli hududlarida 1930-yillargaça davom etadi.
Özlari bosqinçi bölgan holda bolşeviklar yurt ozodligi va milliy istiqlol uçun qöliga qurol olganlarni «bosmaçilar» deb atay boşlaydi.
Muxtoriyat mağlub bölgaç Turkiston ölkasi töliğiça Rossiya qöl ostiga ötadi. TASSR 1924 yil Özbekiston SSR tuzilgança yaşaydi va öşa yili bir neça bölaklarga bölib yuboriladi.
Turkiston muxtoriyati yiqitilgaç uning örnida Turkiston ASSR taşkil etiladi.
Turkiston muxtoriyati hukumati a’zolari taqdiri
Islom Şoahmedov. Boş vazir örinbosari bölgan Şoahmedov bolşeviklar tomonidan Qöqon bosib olingan paytda hibsga olinadi. «Uluğ Turkiston» gazetasida 1918 yil bahorida yozilişiça, u qamoqxonada qiynoqlar natijasida aqldan ozgan va turma lazaretiga köçirilgan. Keyinçalik qamoqdan çiqqan.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 1920 yili Hindistonga jönab ketgan, biroq oradan köp ötmay kasallangan va yurtiga qarindoşlari huzuriga qaytgan. Islom Şoahmedov taxminan 1921 yilda vafot etgan.
Mustafo Çöqay. Turkiston muxtoriyati yiqitilgaç, Mustafo Çöqay Qöqondan qoçib Toşkentga boradi, söng rafiqasi bilan Rossiyaga çiqib ketadi. Rossiyada vaziyat oğirlaşgaç Tbilisi orqali Turkiyaga, u yerdan Fransiyaga ketadi.
Mustafo Çöqay turli xalqaro anjumanlarda iştirok etadi hamda matbuotda ingliz, fransuz, polyak, rus, turk tillarida ötkir publitsistik maqolalar bilan muntazam qatnaşib turadi. Parijda uning bir neçta kitoblari çop etiladi.
Germaniya SSSRga hujum qilgan 1941 yil 22 iyun kuni natsistlar Parij atrofidagi Nojan şaharçasida yaşayotgan Mustafo Çöqayni qamoqqa olişadi hamda u 13 iyulgaça Kompen harbiy lagerida tutqunlikda saqlanadi. Mustafo Çöqay 1941 yil 27 dekabrda Berlinda yuqumli kasallik tufayli vafot etadi.
Mustafo Çöqay xotini bilan.
Ubaydulla Xöjayev. Mustafo Çöqayning yozişiça, muxtoriyat hukumati tugatilgaç, Ubaydulla Xöjayev Aşxobod – Samarqand yölida bolşeviklar qöliga tuşib qoladi. Biroq tez orada Orenburgga boradi va 1918 yil noyabrda Boşqirdiston muxtoriyati hukumatini tuzişda faol iştirok etadi.
Ubaydulla Xöjayev sovet rejimi tomonidan bir neça marta (1929, 1931, 1938) qamoqqa olingan. U oxirgi marta 1938 yil 20 fevralda Toşkentda hibsga olinib, 1939 yil 14 mayda 8 yil muddatga qamalgan. Ubaydulla Xöjayev 1942 yilda qamoqxonada vafot etadi. Ölimidan keyin sovet hokimiyati tomonidan oqlangan.
Hidoyatbek Yurğuli Oğayev. Yer va suv boyliklari vaziri bölgan Oğayev 1918 yilda fevralda Qöqon şahrida Turkiston muxtoriyati armiyasi va bolşeviklar örtasida bölib ötgan janglardan birida halok böladi.
Obidjon Mahmudov. Mustafo Çöqayning yozişiça, Turkiston muxtoriyati ağdarilgaç oziq-ovqat vaziri Obidjon Mahmudov Buxoroda bolşeviklar qöliga tuşib qoladi. 1918 yil mayda Turkiston muxtoriyati hukumati a’zolari sovetlar tomonidan afv qilingaç, u Moskvaga borib turli lavozimlarda işlaydi.
1921 yilda Toşkentga qaytgandan söng, dastlab Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qömitasida işlaydi. Söng Farğona vodiysiga borib, «Milliy ittihod» taşkiloti bölimini tuzgan hamda sovetlarga qarşi faoliyat olib borgan.
Sovet rejimi tomonidan bir neça marta qamoqqa olinadi. Ozodlikka çiqqaç, oradan köp ötmay oğir xastalikka çalinadi va 1936 yil 21 noyabrda 65 yoşida Qöqonda vafot etadi.
Abdurahmon Örazayev. Turkiston muxtoriyati yiqitilgaç 1918 yil fevral oyi oxirida içki işlar vaziri örinbosari Örazayev bolşeviklar qöliga tuşib qoladi. U keyinçalik bolşeviklar partiyasi a’zosi böladi va Turkiston ASSR va Qozoğiston ASSRdagi sovet hokimiyati idoralarida turli lavozimlarda işlaydi.
Solomon Gersfeld
Solomon Gersfeld. Turkiston muxtoriyati hukumati tarkibida tub xalqlardan bölmagan yagona nomzod sifatida kirib, moliya vaziri böladi. Keyinçalik bu lavozimini Islom Şoahmedovga topşiradi.
Muxtoriyat hukumati ağdarilgaç, 1918 yil 20 fevral kuni Qöqonda bolşeviklar qöliga tuşib qoladi va otib taşlanadi.
Mahdi Çanişev. Polkovnik Mahdi Çanişev 1918 yil fevralda Turkiston muxtoriyati hukumatida harbiy kengaş raisi bölgan. Bu paytda harbiy işlar vaziri Ubaydulla Xöjayev Qöqonda bölmagani uçun ham Çanişev muxtoriyat qöşiniga qömondonlik qilgan.
Mahdi Çanişev bolşeviklar huzuriga muzokaralar ötkaziş uçun borganda qölga olinib, qamoqqa taşlanadi. U Qöqon fojialari paytida Skobelev garnizonidan qoçişga uringanida otib taşlanadi.
Hoji Muhammad Ibrohim Hojiyev. «Kiçik Ergaş» nomi bilan maşhur bölgan bu şaxs 1918 yil fevral oyida bolşeviklar armiyasiga qarşi munosib jang qilgan. U Qöqon yaqinidagi Baçqir qişloğida qizil askarlar va daşnoqlarga qarşi bölib ötgan janglardan birida öldiriladi.