Rossiyada qarovsiz qolgan özbekistonlik bolalarga şaxsini tasdiqlovçi hujjat tayyorlanmoqda. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Qaşqadaryo viloyati, Qarşi şahrida röyxatda turuvçi Özbekiston fuqarosi M.I. 2010 yilda Rossiyaning Moskva şahriga jönab ketgan. 2015 va 2017 yilda uning ikki nafar qizi uy şaroitida tuğilgan va şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari yöq.
Keyinçalik M.I. bolalarini özbekistonlik vatandoşi J.A. qaramoğiga taşlab, noma’lum yönalişda ğoyib bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra u Ijyevsk şahri tergov izolyatorida saqlanmoqda.
Ta’kidlanişiça, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi bilan hamkorlikda voyaga yetmagan bolalarni uyda tuğilganlik holatini rasmiylaştiriş va ularga şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etiş çoralari körilmoqda.













