Toşkentda har oyning bir iş kunida avtomobillar harakatini qisqartirişga qaratilgan «Avtomobilsiz kun» jamoat loyihasi ötkaziladi.
Avtotransport vositalari çiqindi gazlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiriş maqsadida keng jamoatçilik vakillari va ekologik faollarning uşbu taklifi 21 fevraldagi farmon bilan tasdiqlandi.
Çeklov jamoat transporti, şuningdek, maxsus va şoşilinç yordam xizmatlari avtomobillariga taalluqli bölmaydi.
Binolari Toşkent şahrida joylaşgan barça respublika va hududiy ijro etuvçi hokimiyat organlarining rahbar va boşqa xodimlariga jamoat transportida iş joyiga keliş orqali şaxsiy namuna körsatib boriş topşirildi.











