Ukraina harbiylari Azov dengizi uzra Rossiyaning «Bayan» çaqiruv belgisiga ega A-50 uzoq radiolokatsion aniqlaş va boşqariş samolyotini urib tuşirdi. Bu haqda 23 fevral, juma kuni Ukraina havo kuçlari qömondoni Nikolay Oleşçuk Telegram’da yozdi.
«Boş razvedka boşqarmasi va natijani ta’minlagan barçaga rahmat», deb ta’kidlab ötdi u hamda samolyotning yöq qilinişi taxmin qilingan lahza videosini joylaştirdi. Şu bilan birga, Kremlga yaqin harbiy blogerlar Rossiyaning A-50 samolyoti Krasnodar ölkasida halokatga uçragani haqida xabar berdi. «A-50. Yana. Bu samolyotlarning resursi deyarli qayta tiklanmaydi. Ekipaj - alohida masala. Eng yuqori mutaxassislar», - deyiladi «Dva mayora» Telegram-kanalida.
Yil boşidan beri ikkinçi A-50 urib tuşirildi
Rossiyada bir qator blogerlar Rossiya havo mudofaasidan «döstona olov» oçilgani böyiça versiyani ilgari surdi. Uşbu versiyani Mariupol merining maslahatçisi Petr Andryuşçenko rad etdi. Uning sözlariga köra, samolyot «Mariupol qarşiligi» ma’lumoti yordamida urib tuşirilgan. Andryuşçenkoning sözlariga köra, bu A-50 Ukrainaga hujumlarni, şu jumladan 7 fevraldagi ommaviy hujumni muvofiqlaştirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi hozirça vaziyatga izoh bermadi. Krasnodar ölkasi tezkor ştabining xabar berişiça, Trudovaya Armeniya xutori yaqinida «uçar apparat» qulagan.
A-50 - uzoq masofali radiolokatsion aniqlaş va boşqariş samolyoti, u razvedka ötkazişga qodir hamda havo, quruqlik va dengizda nişonga olişda qiruvçi va zarba beruvçi samolyotlarni boşqariş uçun işlatiladi, şuningdek, havo qömondonlik punkti sifatida xizmat qiladi. Rossiya Federatsiyasida ulardan töqqiztasi bor edi. Yanvar oyida Ukraina qurolli kuçlari Azov dengizi uzra bittasini urib tuşirgani, 2023 yil fevralida Belarusda yana bir A-50 samolyoti «partizanlar» tomonidan şikastlangani xabar qilingan.









