Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) mamlakat harbiy vazirlar mahkamasiga Ğazo sektori janubida joylaşgan Rafah şahrida quruqlikdagi operatsiya rejasini hamda tinç aholini jangovar hududdan evakuatsiya qiliş rejasini taqdim etdi. Bu haqda 26 fevral, duşanbaga ötar keçasi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning ofisida ma’lum qilindi. 

AFP ta’kidlaganidek, bayonot TsAHALning Rafahda kutilayotgan quruqlikdagi operatsiyasi boşlanişi arafasida qilingan. Netanyahu bu şaharni 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga keng kölamli hujum uyuştirgan HAMAS harakatining «oxirgi qal’asi» deb ataydi. 

Netanyahu Rafahdagi operatsiyadan voz keçiş niyatida emas 

Öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar davom etayotganiga qaramay, Isroil boş vaziri Rafahdagi hujum operatsiyasi rejasini keçiktirmasdan tasdiqlaş niyatida, deb yozadi dpa agentligi. Netanyahuning özi rejani tasdiqlaş uçun şu hafta boşida vazirlar mahkamasi yiğilişini çaqirmoqçi ekanligini ma’lum qildi. 

Rafah Ğazo sektori bilan Misr çegarasida joylaşgan. Isroilning Ğazo sektorida harbiy amaliyoti boşlanganidan beri şahar milliondan ortiq qoçqinni qabul qilgan. Bunday vaziyatni hisobga olgan holda, Isroilning bir qator ittifoqçilari, jumladan, Qöşma Ştatlar ham vazminlikka çaqirdi. Biroq, Benyamin Netanyahu Rafahdagi harbiy operatsiyadan voz keçiş niyatida emas. Uning sözlariga köra, agar Rafahda HAMASning törtta bataloni qolsa, Isroilning uruşdagi maqsadi – jangçilarni yöq qilişga erişib bölmaydi. 

Qayd etilişiça, Isroil hukumati Ğazo sektoriga «şimol va boşqa hududlardagi talonçilik»ning oldini olişga möljallangan insonparvarlik yordami yetkazib beriş rejasini ham tasdiqlagan.

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.