Misrning Al-Kahera News telekanali ma’lumotiga köra, punkt oçilganidan keyingi dastlabki soatlarda 50 kişi Misrga kirgan, yana 50 kişi u yerdan çiqqan. Isroilning jamoatçilik telekanali KAN ham 2 fevral kuni 50 kişi Ğazoga kirişi rejalaştirilganini bildirgan. Şu bilan birga, 150 kişi, jumladan 50 nafar bemor, Misr tomonga çiqişi kutilgan. Punkt har kuni olti soat oçiq bölişi aytilgan.

AFP muxbirlari ma’lum qilişiça, 2 fevral kuni Misr tomonida önlab odamlar Ğazoga kiriş imkoniyatini kutib töplangan.

Qariyb ikki yil yopiq bölgan Rafah punkti 1 fevral kuni çeklangan hajmda işni tikladi. Isroilning fuqarolik masalalari böyiça idorasi Cogat bu qadam Isroil bilan HAMAS örtasidagi sulh kelişuvining bir qismi ekanini tuşuntirgan.

Dastlab Misrga çiqiş huquqi tibbiy yordamga muhtoj bölganlarga berilişi kutilmoqda. Ğazo soğliqni saqlaş idorasi ma’lumotiga köra, hozir 200 ga yaqin bemor ruxsat kutib turibdi. Al-Kahera News xabariga köra, Misrda falastinliklarni qabul qiliş uçun 150 ta şifoxona, 12 ming tibbiyot xodimi va 300 ta tez yordam maşinasi tayyor holga keltirilgan.

Rafah punkti — Ğazodan Isroilga olib bormaydigan yagona çegara ötiş joyi. BMT va xalqaro gumanitar taşkilotlar uni ança vaqtdan beri keng kölamda gumanitar yordam yetkaziş uçun oçişga çaqirib kelgan.

Punktning oçilişi AQŞning tinçlik rejasiga muvofiq amalga oşirildi. Isroil bu qadamni HAMAS tomonidan asirga olingan sönggi garovga olingan şaxs — 24 yoşli Ran Gvili jasadini qaytariş bilan boğladi.

2023 yil 7 oktyabrda HAMAS Isroilga keng kölamli hujum uyuştirganidan keyin Yaqin Şarqda vaziyat keskinlaşdi. Hujumda taxminan 1200 kişi halok bölgan, 250 ga yaqin odam garovga olinib Ğazoga olib ketilgan.

Isroil bunga javoban harbiy amaliyot boşladi. Ğazo soğliqni saqlaş idorasi ma’lumotiga köra, 71 mingdan ortiq kişi halok bölgan. TSAHAL esa qurbonlar soni taxminan 70 ming ekanini tasdiqlab, ulardan 25 mingga yaqini HAMAS jangçilari bölganini bildirgan.

2025 yil oktyabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati işlab çiqqan tinçlik rejasi asosida öt oçişni töxtatişga kelişilgan. Kelişuv kafillari sifatida AQŞ, Turkiya, Qatar va Misr iştirok etmoqda.

Rejaning ikkinçi bosqiçida “Tinçlik kengaşi” va uning nazoratidagi milliy qömita tuzilib, Ğazo boşqaruvini vaqtinça öz zimmasiga olişi, keyinçalik esa bu vazifani Falastin milliy ma’muriyatiga topşirişi közda tutilgan.