Vengriya parlamenti Şvetsiyaning NATO a’zosi bölişi haqidagi arizasini ma’qulladi va şu tariqa mamlakatning Şimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo bölişi yölidagi sönggi tösiqni olib taşladi. 

Vengriya alyansning 31 ta a’zosi içida Şvetsiyaning arizasini ma’qullagan oxirgi mamlakat böldi. Yanvar oyida uşbu masala böyiça ovoz berişni paysalga solib kelayotgan yana bir davlat - Turkiya parlamenti ham Şvetsiyani ittifoqqa qöşilişiga rozilik bergan edi. 

Vengriya parlamentining 188 nafar deputati Şvetsiya arizasini ratifikatsiya qilişni ma’qulladi, 6 nafari qarşi böldi. 

Ovoz berişdan söng Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson buni öz mamlakati uçun tarixiy kun deb atadi. 

«Bugun tarixiy kun. Endi barça NATO davlatlarining parlamentlari Şvetsiyani NATO a’zosi bölişi uçun ovoz berişdi. Şvetsiya Yevro-Atlantika xavfsizligini ta’minlaşda yordam berişga tayyor», deb yozadi Kristersson ijtimoiy tarmoqda. 

200 yildan beri harbiy ittifoqlarga qöşilmagan Şvetsiya 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli tajovuzi boşlanganidan keyin Finlyandiya bilan birga NATO a’zosi böliş uçun ariza bergan edi. 

NATO a’zolarining aksariyati har ikki davlatning ittifoqqa qabul qilinişini tezda ratifikatsiya qildi, biroq Şvetsiyani Kurdiston Işçilar partiyasi a’zolariga boşpana berganlikda ayblagan Turkiya bu jarayonni keçiktiraverdi. Vengriya Şvetsiyaning prinsipial jihatdan a’zoligiga e’tirozi yöqligini bir neça bor ta’kidladi, ammo qarorni keçiktirişda davom etdi. 

Natijada, Finlyandiya ötgan yilning aprel oyida NATO a’zosi böldi, Şvetsiya esa haligaça a’zo böliş jarayonini yakunlay olmayotgan edi.