Şaharlararo qatnovçi elektropoyezdlar uçun yöl haqini ATTO yoki bank kartalari orqali tölaş amaliyoti boşlandi. Bu haqda Avtomatlaştirilgan transport tölov tizimi operatori (ATTO) xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, endilikda elektropoyezdlar uçun çiptalarga tölovlarni temiryöl vokzallari va bekatlardan taşqari, bevosita elektropoyezd vagonlarida ATTO transport kartalari yoki bank kartalaridan foydalangan holda amalga oşiriş mumkin.

Kun.uz yangi amaliyot haqida töliqroq ma’lumot oliş uçun ATTO loyiha menejyeri Murod Zokirov bilan boğlandi. Uning aytişiça, bundan buyon elektropoyezdlar uçun 3 xil şaklda tölov qiliş mumkin.

Birinçisi – vokzal yoki bekatlarga borgan holda çipta sotib oliş, ikkinçisi – elektropoyezdning özida xodimga naqd pulda tölov qilib, nazoratçidan çipta oliş va uçinçisi – ATTO yoki bank kartalari (Humo, Visa, Mastercard) orqali yöl haqini tölaş.

Transport yoki bank kartalari bilan tölaşning ham 2 xil usuli borligi aytib ötildi. Zokirovning ta’kidlaşiça, elektropoyezdda çipta nazorati bilan şuğullanuvçi xodimlarga validator uskunalari berilgan. Şu orqali kartaning özi yoki ATTO ilovasidagi NFC orqali tölov qiliş mumkin. Narxlar haqida ma’lumot uşbu havolada berilgan.

Hozirça loyiha birinçi bosqiçda Toşkent–Hojikent yönalişidagi elektropoyezdlar uçun joriy qilingan. Tez kunlarda Toşkent–Bekobod, Toşkent–Xovos va Toşkent–Angren yönalişlarida ham işga tuşirilişi kutilmoqda.

Qöşimça qilinişiça, fevral oyining birinçi 10 kunligidan boşlab ATTO elektron tizimi orqali 12,4 mingta tölov amalga oşirilgan va şulardan 10 foizi transport va bank kartalariga töğri keladi.