Quyidagilar Özbekistonning gastronomik turizm salohiyati va milliy pazandaçilik san’atini ommalaştirişning ustuvor yönalişlari etib belgilanadi:
- Özbekistonning gastronomik turizm salohiyatini keng tarğib etiş orqali mamlakatga taşrif buyurayotgan sayyohlar oqimini oşiriş;
- milliy pazandaçilikni sanat darajasiga kötariş va “Özbek milliy taomlari brendini” yaratiş;
- gastronomik turizm yönalişda xizmatlar körsatiş sifatini yanada takomillaştiriş.
Turizm qömitasi, Savdo-sanoat palatasi va Özbekiston Oşpazlar uyuşmasining uyuşma huzurida Xalqaro özbek pazandaçilik san’ati markazi hamda Özbek pazandaçilik san’ati muzeyini taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.
Uyuşmaga quyidagi qöşimça vazifalar yuklanadi:
- gastronomik turizmni yanada ommalaştiriş va xalqaro darajadagi oşpazlarni tayyorlaş işlarini taşkil etiş;
- zamonaviy talablarga muvofiq sohada oşpazlar, pazandalar, qandolatçilar, ofitsiantlar va boşqa mutaxassislarini tayyorlaş, ularning kasbiy malakalarini oşiriş va qayta tayyorlaş işlarini tizimli ravişda taşkil etiş;
- umumiy ovqatlaniş tarmoğini rivojlantiriş dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş;
- xalqaro körgazmalarida qatnaşiş orqali özbek pazandaçiligi san’atini tarğib qiliş va ijobiy nufuzini oşiriş;
- respublikada, şu jumladan hududlarda umumiy ovqatlanişni taşkil etişga oid tanlovlar, körgazmalar, festivallar va maxsus kunlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etiş;
- sohani raqamlaştiriş va axborot xizmatlarini taşkil etiş, maxsus naşrlar, kitoblar, jurnallar va bukletlar, elektron naşrlarni tayyorlaş va şu jumladan xorijiy mamlakatlarda tarqatiş, şuningdek ommaviy axborot vositalarida faol yoritiş;
- umumiy ovqatlaniş korxonalar faoliyatiga va taraqqiyotiga tösiq bölayotgan muammolarni aniqlaş, tahlil qiliş, ularni bartaraf qiliş böyiça vakolatli davlat organlariga takliflar tayyorlaş hamda öz vakolati doirasida tadbirlarni amalga oşiriş;
- umumiy ovqatlaniş sohasida ilmiy salohiyatga ega oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş;
- xalqaro miqyosda ötkaziladigan sohasiga doir barça anjumanlar, simpoziumlar, kongresslar, körik-tanlovlar, festivallarda öz a’zolari iştirok etişini ta’minlaş.













