«Dunyo» xabariga köra, naşrda Qozoğiston boş vaziri örinbosari – taşqi işlar vaziri Murat Nurtleu Özbekiston delegatsiyasi bilan mintaqalararo hamkorlik böyiça olib borilgan muzokaralar yakunlari haqida fikrlari qalamga olingan.

«Hududlararo hamkorlik forumlarini ötkaziş muhimligini alohida ta’kidladik. Biz Markaziy Osiyo mintaqasi aholisi uçun dolzarb masala – suv-energetika kompleksi yuzasidan fikr almaşdik va uni hal qiliş yöllariga e’tibor qaratdik», – deya Murat Nurtleu fikrlaridan iqtibos keltirgan agentlik. Ta’kidlanişiça, uçraşuvda boşqa qöşma loyihalarni amalga oşirişning borişi ham muhokama qilingan.

«Uşbu taşabbuslar taşqi siyosat idoralari tomonidan qöllab-quvvatlanişiga kelişib oldik. Ikki davlatning tranzit salohiyatini oşiradigan yangi temiryöllarni quriş loyihalariga e’tibor qaratildi. Öz navbatida, biz Özbekiston taşuvçilari uçun çegara orqali tranzitni soddalaştiriş böyiça fundamental işlarni davom ettirişimizga işontirdim. Bularning barçasi xalqlarimizning tub manfaatlariga javob beradi, deb öylayman», – deya qöşimça qildi vazir deb yozgan Kazinform.