Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 fevral kuni Xorazm viloyatiga taşrif buyurdi. Davlat rahbari dastlab Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumaniga borib, yangi köprikning oçiliş marosimida iştirok etdi.

Bu ulkan iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega strategik inşootdir. Prezident bu haqdagi taşabbusni 2020 yil 13 dekabr kuni Xorazm viloyati faollari bilan uçraşuvda ilgari surgan edi. Şundan söng puxta loyiha işlab çiqilib, katta bunyodkorlik işlari amalga oşirildi. Davlat rahbari uning qurilişini ikki bor kelib kördi.

Bugun Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati faollari iştirokida yangi köprikning tantanali oçiliş marosimi böldi.

Prezident dastlab poyezdda va avtomobilda yurib, köprik sifatini közdan keçirdi. Jamoatçilik iştirokidagi yiğilişda bu loyihaning samaradorligi, aholi hayotidagi ahamiyatini ta’kidladi.

– Orolböyi mintaqasini, xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasini rivojlantiriş, avvalo, ekologik inqiroz oqibatlarini yumşatib, murakkab vaziyatda yaşayotgan aholimizga qulay şaroitlar yaratiş mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasining boş maqsadlaridan biridir. Ilgari ham aytganimdek, Qoraqalpoğistonning taqdiri – bu Özbekistonning taqdiri, qoraqalpoq xalqining baxti va farovonligi – bu butun Özbekiston xalqining baxti va farovonligidir. Bugun mana şu ezgu maqsadni amalga oşiriş yölida yana bir ulkan qadam qöymoqdamiz, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Köprik qurilgan joy yurtimizning eng çekka hududlaridan biri. Şu paytgaça odamlar ötgan asrning elliginçi yillarida olib kelingan eski ponton köprikdan foydalanib kelar edi. Har bahorda muz erib, daryoda suv köpayişi bilan u jiddiy şikastlanardi. Bu daryoning ikki tomonidagi aholiga juda köp qiyinçiliklar tuğdirardi.

Masalan, Amudaryo tumani aholisi avtomobilda Nukusga boriş uçun Urganç va Beruniy orqali yurişga majbur edi. Buning uçun qöşimça 180 kilometr yöl yurişga töğri kelardi. Poyezdda esa Xorazmning şarq tomonidagi Xazorasp köprigidan ötib kelinardi.

Yangi köprik tufayli bu qiyinçiliklar barham topadi, xalqning uzoği yaqin böladi. U orqali Qoraqalpoğiston bilan Xorazmni boğlaydigan eng yaqin avtomobil va temir yöl qatnovi yölga qöyiladi.