Bahor fasli kirib kelishi bilan Chevrolet sizni avtomobillarga foydali taklif bilan yangilanish va yangi imkoniyatlarning yorqin sayohatiga taklif qiladi. 1 mart kunidan boshlab Chevrolet Tahoe, Traverse, Equinox, Captiva va Onix avtomobil modellari uchun hayratlanarli chegirmalarni taqdim etuvchi bahorgi aksiya start oladi.
Chevrolet avtomobillari ishonchlilik, barqarorlik va xavfsizlik ramzidir. Avtomobillar, xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar mavjudligi butun O‘zbekistonni qamrab oladi. Ko‘pgina raqobatchilarini ortda qoldirib, dunyodagi eng ishonchli brendlarning TOP 5 ligiga kirgan brend hisoblanadi.
Chevrolet bilan qulaylik va xavfsizligingiz uchun foydali sarmoya kiritish imkoniyatini boy bermang.
Chevrolet'dan bahorgi aksiya chegirmalari:
Chevrolet Onix: chegirma - 15 million so‘m;
Chevrolet Captiva: chegirma - 15 million so‘m;
Chevrolet Equinox: chegirma - 25 million so‘m;
Chevrolet Traverse: chegirma - 48 million so‘m;
Chevrolet Tahoe: chegirma - 70 million so‘m.
Aksiya uchun mo‘ljallangan avtomobillar soni cheklangan! Bahorni yangi Chevrolet avtomobili bilan kutib oling!

“Chevrolet Onix – eng yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy avtomobil. Yangi model yorqin dizayn, zamonaviy inter’yer hamda qulaylik va xavfsizlik uchun barcha zarur opsiyalarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Avtomobillar 2 turdagi CSS Prime yangi avlod dvigatellari bilan taqdim etiladi. 1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel hamda 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan va 1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pog‘onalik mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash siklda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yo‘lda 4,7 l sarflaydi. 5 o‘rindiqli ushbu sedan sayohatlar uchun xoh u oilaviy, xoh do‘stlar orasida yoki xizmat safari bilan shaylangan xodim bo‘lsin umuman, barcha-barcha uchun ham birdek ideal. Chevrolet Malibu avtomobili bilan o‘xshashligi yuqori toifadagi avtomobillardan qolishmaydigan mustahkam va zamonaviy tashqi ko‘rinish beradi.















