Britaniyada baxtsiz hodisadan söng yuzining yarmini yöqotgan erkakning yuzi 3D-printerda çop etildi, deb xabar berdi Mirror.
2021 yilda Devonning 75 yoşli fuqarosi Deyv Riçards dahşatli avtohalokatdan zörğa omon qoldi. Uni velosiped haydab ketayotganida mast haydovçi urib yubordi. Erkak köplab jarohatlar oldi - siniş, lat yeyiş va yuz yarmining uçinçi darajali kuyişi. Bunday kuyişda terining barça qatlamlari şikastlanadi, bitib ketganda çandiqlanadi, dağal va harakatsiz bölib qoladi.
Jarrohlar erkakning közini saqlab qolişga harakat qildi, biroq infeksiya köriş nervi orqali tarqalişi xavfi tufayli uni olib taşlaşga töğri keldi. Keyin şifokorlar tananing boşqa qismidan qon tomirlari bölgan töqimani köçirib ötkazdi, bu esa yuzning yarmini yopiş uçun işlatildi.
«Menda çandiqlarni olib taşlaş uçun bir neçta operatsiyalar ötkazildi, - deb eslaydi Deyv. - Tiklaniş qiyin keçdi, lekin men avvalgi qiyofam va işonçimni qaytariş uçun qölimdan kelganini qilmoqçi edim».

Reabilitatsiya paytida Riçards yangi 3D tibbiyot markazida işlaydigan Reconstructive Prosthetics jamoasi bilan uçraşdi. Bu yerda unga öziga xos protsedura - boş şakli, teri, köz va soç rangiga töliq mos keladigan individual yuz protezini yaratiş taklif qilindi.
«Jarayon unçalik yoqimli bölmadi - köplab mum qoliplar, fotosuratlar, ölçovlar oliş kerak edi. Ammo 3D texnologiyalari aql bovar qilmaydigan imkoniyatlarni oçib berdi. Endi protez maksimal darajada tabiiy körinadi va seziladi», dedi erkak.
NBT rekonstruktiv jarrohligi böyiça katta mutaxassisi Emi Deyvining sözlariga köra, 3D-skanerlaş protezlarni bemorning harakatlariga moslaştiriş imkonini beradi va bosib çiqarişda işlatiladigan materiallar teri uçun xavfsiz bölib, töqimalar tuzilişini taqlid qilişi mumkin.
Protezni örnatgandan söng, Deyv tiklaniş kursini davom ettirdi. Şuningdek, unga individual orbital protez va 3D-printerda çop etilgan böyin korseti tayyorlandi.
Hozir erkak çandiqlardagi zöriqişni kamaytiriş uçun davolanişni davom ettirmoqda.
«Avvaliga men bu texnologiyaga şubha bilan qaradim, - deb tan oldi erkak, - ammo endi şifokorlar va muhandislardan minnatdorman. Bu hayotimni özgartirdi va özimni yana özimdek his qilişimga yordam berdi».

















