2024 yilning yanvar oyida Özbekiston Respublikasi taşqi savdo aylanmasi 4,2 mlrd AQŞ dollariga yetgan.  

Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, Özbekiston Respublikasi taşqi savdo aylanmasida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinçi örinni egalladi – 1,1 mlrd dollar.

Undan keyingi örinlardan taşqi savdo aylanmasida uluşi mos ravişda 767 mln dollar va 271,2 mln dollar bölgan Rossiya hamda Qozoğiston joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça körinişga ega:

  • Turkiya – 213,9 mln dollar;
  • Koreya – 180,2 mln dollar;
  • Germaniya – 96,3 mln dollar;
  • Yaponiya – 90,3 mln dollar;
  • Fransiya – 78,3 mln dollar;
  • Hindiston – 67,6 mln dollar;
  • Çexiya – 64 mln dollar.