"Dunyo" xabariga köra, muloqot çoğida Özbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etişni kengaytiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş va boşqa masalalar xususida fikr almaşildi.
Ummon vakili Özbekistonda xorijiy investorlar uçun yaratilgan qulay şart-şaroitlarni hisobga olib, yangi loyihalarda iştirok etiş niyatini bildirdi. Xususan, u Özbekistonda meva-sabzavotlarni qayta işlaş loyihasini amalga oşiriş, şuningdek, oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlaş uçun uskunalar yetkazib beriş takliflarini bildirdi.
Uçraşuv yakunida ummonlik tadbirkorning joriy yilning mart oyida Özbekistonga xizmat safari uyuştiriş va uning davomida rejalaştirilgan yangi sarmoyaviy loyihalarni mamlakat tegişli taşkilotlari vakillari iştirokida muhokama qiliş töğrisida kelişib olindi.













