29 fevral kuni tarmoqlarda Xorazmdagi maktablardan birining maktab öqituvçisi boşlanğiç sinfda öqiydigan öğil va qiz bolalarni döpposlagani aks etgan video tarqaldi. Unda dars ötib turgan xodim dastlab bolaning boşiga qöli va daftari bilan tarsakilar solgan.
Keyin esa yonida turgan qizaloqdan savol sörab, daftarni körsatgan va siltab, yuziga urib taşlagan. Şu zaylda 50 soniya davomida qizaloqqa baqirib, uni kaltaklagan. Öqituvçi 30 soniya dars ötib tin olgaç, keyin qizçani yana siltay boşlagan.
Holat yuzasidan Xorazm viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi munosabat bildirdi. Unga köra, bu vaziyat Xonqa tumanidagi 36-maktabda yuzaga kelgan.
“Videolavhada aks etgan holat yuzasidan vakolatli taşkilotlar hamkorligida örganiş işlari olib borilmoqda. Örganiş natijalari yuzasidan batafsil ma’lumot berilişini ma’lum qilamiz”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov esa bu maktabda sodir bölgan hodisa yuzasidan içki işlar organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, tekşiruv doirasida öquvçilarda tan jarohatlarini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tekşiruv harakatlari Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.













