Agar «Bayyer» «Kyoln» ustidan ğalaba qozonsa, Bundesligadagi birinçi va ikkinçi örinlar örtasidagi farq 10 oçkoga yetadi. Bahorgi Bundesliga uçun bu odatiy holat, ammo bu safar peşqadam «Bavariya» emasligini e’tiborga olsak, bu mavsum Yevropada ança katta voqeaga guvoh bölamiz şekilli. Ispaniya va Angliyada esa hali hammasi qoronğu, xususan uşbu haftada ham vaziyatni oydinlaştiruvçi, balki çigallaştiruvçi bir qator e’tiborli bahslar bölib ötadi. «Barselona» özi uçun eng qiyin safarlardan birida ğalaba qozonişga harakat qilsa, Mançesterda navbatdagi derbi bölib ötadi.
VALeNSIYa – ReAL MADRID (3 marta ötar keçasi, 01:00)
«Valensiya» ança yillardan beri, jumladan uşbu mavsumda ham turnir jadvalida örtamiyonaga aylanib qolgan bölsa-da, baribir bu qarama-qarşilik ispan futbolining klassikalaridan biri sifatida qolaveradi. Ruben Baraxa şogirdlari qanday vaziyatda bölişmasin, ayniqsa, katta öyinlarda xuddi öşa Baraxa futbolçilik davridagi tarixni eslab qolişini köp marta isbotlaşdi ham – jamoa bu mavsumda «Barselona» bilan durang öynadi, «Atletiko» ustidan işonçli ğalabaga erişdi. Aynan «Mestalya»dagi öyinlarda «Valensiya» sentabrdan buyon yutqazmayotganini ham e’tiborga olsak, «Real»ga bu safar ham oson bölmasligi şubhasiz.
Buning ustiga, «Valensiya» ikki haftadan buyon maydonga tuşmadi, ya’ni uşbu uçraşuvga tölaqonli ravişda tayyorlaniş uçun yetarlidan köproq vaqtga ega böldi. «Real» esa ötgan haftad «Sevilya»ga qarşi yana bir qiyin öyin ötkazdi, kelasi hafta esa Çempionlar Ligasidagi javob uçraşuv kutib turibdi. Tabiiyki, diqqatni jamlaş va tarkibning tetikligi borasida ham mezbonlarda qöşimça ustunliklar paydo bölişi mumkin.
Albatta, bu faktorlar imkoniyatlarni tenglaştirib, sizlarni biroz qiziqtiriş uçun yozilgani tabiiy, zero, şubhasiz, bu öyinda ham «Real» favorit hisoblanadi. Madridliklar La Liga doirasidagi bahslarda deyarli mağlubiyatga uçramayapti, turnir jadvalida ham ««Jirona» bilan farq (6 oçko) yetarli darajada bosimsiz öynaşga imkon beradi. Bundan taşqari, jarohat tufayli oxirgi öyinlarni ötkazib yuborgan Jud Bellinhemning maşğulotlarga qaytgani va katta ehtimol bilan bugun tarkibda bölişi haqida işonçli xabarlar bor. Hatto Tibo Kurtua ham şuğullanişni boşlagan, uşbu öyinda bölmasa-da, mavsumning eng mas’uliyatli pallasida «Real» yana optimal holatga yaqinlaşayotgani quvonarli.
Yana özaro uçraşuvlar statistikasiga qaytadigan bölsak, «Mestalya»da ötgan oxirgi 6 öyining yarmida mezbonlar ğalaba qozonganini ham e’tirof etiş kerak. Jumladan ötgan mavsumda Diyego Lopezning goli «Valensiya»ga uç oçkoni taqdim etgandi. Birinçi davradagi bahsda esa «Real» 5:1 hisobida oson ğalabani qölga kiritgan. Rodrigo va Vinisius öz hisoblariga dubl yozib qöyişgandi.
Qariyb sönggi ön yillikda mançesterliklar orasidagi farq «köklar» tomonida sezilarli ravişda oğişgan, har jabhada, jumladan özaro öyinlarda ham bu farq yaqqol közga taşlansa-da, aynan bugungidek favoritlik «Mançester Siti»da heç qaçon bölmagandi. Gvardiola şogirdlari öz öyinini topib olgan va an’anaviy ravişda bahorda eng kuçli formasiga qaytayotgan bir paytda, «MYu» jarohatlar girdobida yaşaşda davom etmoqda. Hatto bukmekerlik idoralari ham mehmonlarning ğalabasiga ön barobar yutuq va’da qilişmoqda – bunaqasi heç qaçon bölmagandi.
Gvardiola matbuot anjumanida raqibning ajoyib formaga kirib olgani va yangi yilda atigi bir marta yutqazganiga urğu bergan, Erik ten Xag esa şogirdlarining ğalaba uçun kuraşişini aytgan bölsa-da, hatto sönggi ğalabalar ham «qizillar»ga qay yösinda nasib qilayotganiga guvoh bölmoqdamiz. Jamoa bu ğalabalar uçun bor imkoniyatini işga solayotgan bölsa-da, öyin borasida kamçiliklar juda köpligi ma’lum. Agar hamma soğ bölganda, asosiy tarkibda maydonga tuşişi aniq bölgan Martines, Şou, Maguayr, Xoylund kabi futbolçilar derbida qatnaşa olmasligi aniq, öynaydigan Reşford, Kazemiro, hatto Bruno Fernandeş ham u qadar yaxşi sport formasida emasligini körib turibmiz. Malasiya, Maunt, Van Bissaka, Marsiyal kabi futbolçilar ham jarohat tufayli yöqlarning örnini jarohat tufayli bosa olişmaydi. «Mançester Siti» tarkibida yöqotişlar deyarli yöq. Jyek Griliş jarohatlanib, derbini ötkazib yuboradigan böldi, ammo mehmonlar himoyaçilari uçun Dokudan köra Grilişning bölişi kamroq muammo tuğdirişi mumkin edi, balki. Şuningdek, Yoşko Gvardiol ham katta ehtimol bilan uçraşuvni ötkazib yuboradi.
Xullas, Mançester derbisida mehmonlarda faqat himoyaviy uslubda biror natijaga erişiş umidi bor, zero uşbu mavsumning özida ham şunga yaqin holatni guvohi böldik – «Mançester Yunayted» hozirgidan ham yomonroq tarkida «Enfild»dan durang olib kelişga muvaffaq bölişgandi.
Şuning uçun ham, «Mançester Yunayted»ning öz pozitsiyasini yaqqol his etişi, ya’ni tengma teng öynaşga urinmasligi, aksinça, «Mançester Siti»ga halaqit berişi ham mumkin. Quyi bloklarga qarşi har qanday kuçli jamoa ham muammo sezadi, Gvardiola jamoasining sönggi uçraşuvlarini olsak ham, «Brentford», «Bornmut»ga qarşi bahslarda «Siti» faqat bir gol bilan kifoyalandi. Ança dadil va pressingda harakat qilgan «Luton» bilan öyinda esa jamoa oltita gol urişga muvaffaq böldi.
«Yunayted» tarkibdagi muammolar tufayli, asosiy fişkalaridan bölgan yuqori pressing qiliş yoki taşabbuskor öynaşga qiynalayotgan bölsa-da, himoyaviy öyinda yomon emas. Aynan safardagi öyinlarda bemalol ikkinçi raqamda öynaşni tanlaş imkoniyati borligidan, masalan, «MYu» safardagi oxirgi 6 uçraşuvda mağlubiyat nimaligini bilmayapti. Ya’ni, oradagi farq haqida har qança gapirmaylik, mehmonlar tarkibida ham yuqori darajadagi ijroçilar bor va futbolda qaysi faktor hal qiluvçi bölişini biliş qiyin. Sulşer aynan himoyaviy uslub orqali bir neça bor «Siti» bilan öyinlarda ğalaba qozonganini eslasangiz kerak. Ten Xagda heç bölmasa, öşa «qoralamalar»ga qaytiş varianti mavjud.
ATLeTIK – BARSeLONA (4 martga ötar keçasi, 01:00)
«Real»ning qiyin safari bölgan turda sönggi turlarda ğalaba qozonişni boşlagan «Barselona» uçun farqni qisqartirişga yaxşi imkoniyat bölişi mumkin edi, ammo taqvim Xavi şogirdlariga yanayam qiyinroq imtihonni tayyorlab qöydi. «Atletik» uşbu mavsumda Ispaniyada eng kuçli va çiroyli futbol namoyiş qilayotgan jamoalardan biri bölib turibdi. Çempionatda «Barselona» basklarga qarşi oxirgi 4 öyinni öz foydasiga hal qilgan va birorta ham gol ötkazib yubormagan bölsa-da, masalan oxirgi özaro uçraşuv Ispaniya kubogida röy berdi va unda «Atletik» 4:2 hisobida ğalaba qozondi. Jamoa hozirda Çempionlar Ligasi örinlari uçun kuraş olib bormoqda, Ispaniya kubogi finalida «Malorka»qarşi qarşi maydonga tuşadi.
Endi faqat Bilbaoda ötayotgan öyinlarga e’tibor qarataylik. Birinçi turda bilbaoliklar «Real»ga qarşi maydonga tuşişgan va öyin 0:2 hisobida mehmonlarning ğalabasi bilan nihoyasiga yetganda. Şundan buyon La Ligada «Atletik» 12 ta uy uçraşuvini ötkazi va 10 ğalaba va 2 durang qayd etdi. Bilbaodagi oxirgi 8 uçraşuvda 8 ğalaba, töplar nisbati 23-6. «Atletiko» ham, «Jirona» ham, «Real Sosedad» ham Bilbaodan oçko olib keta olmadi. Har qanday holatda bölmasin, «Barselona»ni öta qiyin safar kutib turganini ta’kidlaş lozim. Buning ustiga mezbonlarni Ernesto Valverde boşqarişini ham aytib ötiş kerak. Murabbiy aslida Bilbaoda köproq işlagan bölsa-da, 2017-2020 yillarda Barselonada muvaffaqiyatli işlagan, ikki marta mamlakat çempioni bölgan. Öz vaqtida futbolçi sifatida ham «Barselona»da töp surgan. Ya’ni ança yaxşi işlagan bölsa-da, iste’foga çiqarib yuborilgan Valverde uçun sobiq jamoasiga nimanidir isbotlaş imkoniyati bor. Kim biladi, balki yozda Xavidan böşab qoladigan öringa yana Valverde variantini öylab qolişar?
Tarkiblarga keladigan bölsak, mezbonlarda eng katta yöqotiş – Niko Uilyams. Hozirda Yevropaning deyarli barça top klublarining nazarida turgan 21 yoşli futbolçi sönggi öyinlarda akasi bilan birga hujum çiziğida asosiy qurolga aylangan. «Atletiko»ga qarşi sönggi kubok bahsida ham 1+1 qayd etib, jamoasining finalga çiqişida katta rol öynadi. Ammo u «Betis»ga qarşi çempionat öyinida qizil kartoçka olgani tufayli, uşbu uçraşuvni ötkazib yuboradi. Şuningdek, Daniel Vivian ham sariq kartoçkalari köpayib ketgani tufayli maydonga tuşa olmaydi. Himoya çiziğida Viviandan taşqari, Yuri Berçiçe ham jarohat tufayli şeriklariga yordam bera olmasligi ham Valverde uçun muammo tuğdirişi mumkin. «Barselona « tarkibida uzoq muddatga safdan çiqqan Balde va Gavidan taşqari yangi yöqotişlar yöq. Faqat Ferran Torresning holati söroq ostida qolmoqda.
NAPOLI – YuVeNTUS (4 martga ötar keçasi, 00:45)
Bu töqnaşuv öz vaqtida dunyoning eng yaxşi ikki hujumçisi Maradona va Platini dueli sifatida katta voqeaga aylanardi. Keyinçalik «Napoli» uzoq vaqt pastlarda yurdi, sönggi yillarda asta sekin tiklanib, ba’zi mavsumlarda «Yuventus» bilan çempionlik uçun kuraşdi, turinliklarda inqiroz kuzatilgaç, çempion ham böldi. Hozirda Italiyada «Inter» hukmronligi tobora mustahkamlanib bormoqda, «Yuventus» milanliklarni ta’qib qilib çarçadi, «Napoli» ötgan mavsumdagi çempionligini nişonlaşda davom etib, örtamiyonaga aylanib qoldi – ammo qanday holat bölişidan qat’i nazar, yuqorida tilga olingan yulduzlar tufayli ham, bu töqnaşuv Italiya futbolida klassika bölib qolaveradi.
Örtamiyona dedig-u, lekin ötgan turda «Napoli» qaytandek böldi, ötgan yilgi potensialini eslatib qöydi. Qatorasiga uç öyinda 1:1 öynagan jamoa «Sassuolo» darvozasiga safarda olti gol urdi. Osimhenda xet-trik, Xviçada dubl – xuddi dorilomon kunlardagi kabi. Tabiiyki, «qonning isini» olgan neapolliklar endi öz muxlislari qarşisida ham, yanada kuçliroq, nomdorroq raqib bilan xuddi öşa öyinni takrorlaşga harakat qilib körişadi, albatta. Aslida «Sassuolo» esa Neapoldagi avvalgi «Yuventus»ga qarşi öyinlarni eslaş kifoya – ötgan mavsumda «Napoli» turinliklar ustidan 5:1 hisobida ğalaba qozongandi. Umuman oxirgi 4 uç uçraşuvida «Napoli» «Yuventus»ni mağlub etib kelmoqda.
Agar turnir jadvalidagi holat böyiça tahlil qilsak, «Yuventus» uçun tepaga ham, pastga ham yöl yöqdek göyo. Turinliklar 5-örindan 11 oçko ajratib turibdi va quyida ança tiğizlik ekanini inobatga olsak, biratöla uç jamoaning «Yuventus»ni quvib ötişi imkonsizdek körinmoqda. «Napoli» uçun esa aksinça, kuraş endi boşlanayotgandek. 4-örindan 8 oçko orqada borayotgan «Napoli» uçun mart oyi juda muhim. Jamoa şu oyda «Yuventus», «Inter» va «Atalanta»ga qarşi maydonga tuşadi, mana şu uçraşuvlardagi natijalar «Napoli» taqdirini va keyingi turlardagi pozitsiyasini belgilab berişi şubhasiz. «Napoli» Çempionlar Ligasiga qaytişi ham, umuman yevrokuboklarsiz qolişi ham mumkin. Bu turda A Seriyada 4-5 örinlarda borayotgan «Atalanta» va «Bolonya» özaro uçraşişini e’tiborga olsak, kimdir albatta oçko yöqotadi va «Napoli»da farqni qisqartiriş imkoniyati bor.
Yöqotişlar borasida turinliklarda nomlar köproq va kattaroq. Pogbaning tört yilga diskvalifikatsiya qilinganini bu öyin oldidan aytiş ham şart emasdir, zero fransiyalik futbolçi «Yuventus»ga qaytganidan buyon deyarli maydonga tuşgani yöq. Ammo boşqa bir fransiyalik yarimhimoyaçi Rabning yöqligi sezilsa kerak. Şuningdek, Federiko Kezaning ham maydonga tuşişi şubha ostida qolmoqda.
BOŞQA ÖYINLAR
2 mart. Union – BORUSSIYa D (19:30), Brentford – ÇeLSI (20:00), Nottingem Forest – LIVeRPUL (20:00), TOTTeNHEM – Kristal Pelas (20:00), Monsa – ROMA (22:00), Luton – ASTON VILLA (22:30)