Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari Muzaffar Madrahimov mamlakatga taşrif buyurgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TIKA) prezidenti Serkan Kayalar bilan uçraşuv ötkazdi.

TIV ma’lumotiga köra, suhbat çoğida Özbekiston va TIKA örtasidagi özaro hamkorlikning bugungi holati va Agentlikning mamlakatimizdagi faoliyatini yanada kengaytiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Uçraşuvda 1993-2023 yillar davomida TIKA tomonidan turli sohalarda umumiy qiymati 60 million dollarga teng 900 dan ortiq loyiha va dasturlar muvaffaqiyatli amalga oşirilganligi qayd etildi. Joriy yilda yana 13 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Davlat organlari xodimlarining malakasini oşiriş, imkoniyati çeklangan bolalar uçun ta’lim tizimini takomillaştiriş va tarixiy obidalarni rekonstruksiya qilişga qaratilgan yangi loyihalarni işlab çiqiş böyiça takliflar körib çiqildi.