63 yoşli Abduqahhor ota Umrzoqov Marğilon şahrining mahallalaridan birida mö’jazgina sartaroşxona oçgan. U 40 yildirki sartaroşlik qilib rözğor tebratadi. Otaxon soqolni 5 ming sömga oladi, 10 ming sömga esa soç kaltalaydi. Köpçilik uni saxiy sartaroş sifatida qadrlaydi.
Boyiş qiyin, lekin oç qolmaysiz...
“Sartaroşlikni 1986 yilda boşlaganman, 1987 yildan alohida özim dökon oçdim. Sartaroşlikdan katta pul topiş qiyin. Lekin barakasi bor, töylar ham qilyapmiz, boşqa kamçiliklarni ham butlayapmiz. Muhimi kunimiz ötyapti. Bir kunda munça, bir oyda munça böladi, deydigan kasb emas bu. Odamning kelişiga qaraydi. Mijoz kelişi uçun yaxşi muomala qiliş, köngliga qaraş kerak. Yoşi katta yoki bemor bölib, köçaga çiqib sartaroşxonaga kelolmaydigan kişilarning uyiga borib, soç-soqolini olib qöyamiz. Pul bersa beradi, bölmasa, duo qilib qöyişsa böldi, eng muhimi şu. Har 10 kunda ana şunday keksa otaxonlar xonadoniga aylanib borib turaman. Ularning duosi bilan işlarimiz yaxşi bölyapti.

Soqol 10 tiyin, 20 tiyinga soç-soqol...
Bu hunardan kişi boy ham bölib ketmaydi, bir narsaga zoriqib ham qolmaydi. Sabr qilib işlayveriş kerak. Besabr bölsa, heç bir hunarning boşini tutolmaydi odam. Ösmirlik davrida 10 tiyindan soqol, 20 tiyinga soç bilan soqolni olardik. Daromadi yaxşi kişilar 50-60 tiyin ham berardi ba’zida. Hozir esa aniq narx qöymaganmiz, odamlar özi bilib berib ketaverişadi, talaşmaymiz. Köp berib yuborsa, qaytib berişimiz mumkin. Mana hozir 5 mingga soqol, 10 mingga soç olamiz, odamlar şunday berişadi. Yoş bolalardan esa kamroq haq olamiz. Har bir hunarning öz qoidasi bor.
Qoidalar özgargan
Işimiz köproq xuşmuomalalikni, ozodalikni talab qiladi. Odamlar ham şunga qarab keladi. Oldingi sartaroşlar aytganimdek kasb qoidalariga amal qilardi, ortiqça pul olişmagan. Hozir endi bunday emas. Şaharlarda joy ijarasi, boşqa masalalar bor, şuning uçun qimmatroq böladi, buni ham tuşuniş kerak. Men esa mahalla guzarida işlayman, özimizning joy.
Oldinlari hozirgiday bir martalik ustara tiğlari bölmasdi, qayroq toşda qayrab olinardi soqol. Hozir endi zamon rivojlanib har xil uskunalar çiqib ketdi.
Eng qiyini muomala












