Quyoş çaqnaşlari nima?

Quyoş çaqnaşlari – Quyoş atmosferasida energiya (kinetik, yoruğlik va issiqlik) ajralişi bilan boğliq bölgan portlaş jarayoni. Çaqnaşlar ba’zan butun quyoş atmosferasi (fotosfera, xromosfera va toj)ni qamrab oladi. Ular köpinça (hamma vaqt emas) toj moddalarining otilişi bilan keçadi. Kuçli çaqnaşlar paytida juda katta energiya ajralib çiqişi mumkin, bu dunyo aholisini taxminan million yilga elektr energiyasi bilan ta’minlaşga yetadi.

Magnit maydoni ta’siri ostida quyoş plazmasining tösatdan siqilişi sodir böladi, bu portlaşlarni keltirib çiqaradi. Quyoş plazmasi çaqnaş sohalarida ön million gradus temperaturagaça qiziydi. Quyoş toji va sayyoralararo fazoga uloqtirilgan moddalarning kinetik energiyasi oşib, ularning tezligi 1000 km/s gaça yetadi. Yoruğlik (fotonlar) çaqnaşdan keyin Yerga 8,5 sekunddan keyin yetib kelsa, zaryadlangan zarralar, plazma holatdagi bulutlar esa ikki-uç sutkadan keyin yetib keladi.

Magnit böronining paydo bölişi

Quyoş çaqnaşlari, odatda, quyoş doğlarining qarama-qarşi magnit qutblari özaro ta’sirlaşiş joylarida röy beradi. Çaqnaşlarning quvvati va soni 11 yillik davr bilan özgarib turadi.

Quyoş çaqnaşlari vaqtida atrof-fazoga zaryadlangan zarralar oqimi Yergaça ham yetib keladi va yer magnitosferasiga ta’sir qiladi. Bu zarralar Yer magnit maydonini holdan toydiradi, ya’ni magnit maydonini muvozanat holatdan çetga çiqaradi, bu magnit böronlari deb ataladi. Magnit böronlarining qisqa (3 kunlik) va uzun (27 sutkalik) davrlari oldindan prognoz qilinadi.

Magnit böronlarini quyoş şamoli olib keladi

Sayyoralararo fazoda haqiqatan ham Quyoşdan tez harakatlanadigan, quyoş şamoli deb ataluvçi moddalar oqimi mavjud. U kengayuvçi quyoş tojining davomi hisoblanadi; asosan vodorod (protonlar) va geliy (alfa-zarralar) atomi yadrolaridan, şuningdek, elektronlardan taşkil topgan. Quyoş şamoli zarralari, sekundiga bir neça yuz kilometr tezlikni taşkil etuvçi katta tezlikda harakatlanadi. Quyoşdan önlab astronomik birlik uzoqlikda - Quyoş tizimining sayyoralararo muhitida siyraklaşgan yulduzlararo gaz bilan qöşilib ketadi. Şamol bilan birga sayyoralararo fazoga quyoş magnitlari ham olib ketiladi.

Quyoşning umumiy magnit maydoni şakli böyiça yerning magnit induksiyasi çiziqlarini eslatadi. Ammo Yer maydonining kuç çiziqlari ekvator yaqinida yopiq va Yerga zaryadlangan zarralarni ötkazmaydi. Quyoş maydonining kuç çiziqlari, aksinça, ekvator sohalarida oçiq va spiralga öxşab egrilangan holda sayyoralararo muhitga çözilib ketgan. Bu şunday tuşuntiriladiki, kuç çiziqlari öz öqi atrofida aylanayotgan Quyoş bilan boğlagan holda qoladi. Quyoş şamoli öziga “yopiştirilgan” magnit maydonlar bilan birga Quyoşdan teskari tomonga yönalgan kometalarning gazli dumlarini hosil qiladi. Öz yölida Yer bilan uçraşgan quyoş şamoli yer magnitosferasini kuçli deformatsiyalaydi, natijada bizning sayyora Quyoşdan teskari tomonga yönalgan uzun magnit “dum”ga ega böladi. Yerning magnit maydoni esayotgan quyoş moddasi oqimini öziga çaqirib oladi.

Quyoşdagi faol jarayonlar nimaga ta’sir qiladi?

Yerda kuzatiladigan köplab fizik va biologik hodisalarning keçişi, xususan, iqlimning özgarişi, xilma-xil kasalliklarining davriy ravişda takrorlanişi, ionosferadagi hodisalar, Yer magnit maydoni “böronlari” va kosmonavtlar uçun radiatsiya xavfining tuğilişi - bularning hammasiga Quyoşda röy beradigan turli faol jarayonlar sababçi ekani fanga ançadan beri ma’lum.

Oxirgi yillarda Quyoş elektromagnit tölqinlarining közga körinmaydigan qisqa tölqinli diapazonlarida ham yetarliça intensiv nurlaniş aniqlandi. Bu nurlar ultrabinafşa, rentgen va gamma nurlari bölib, Quyoşdagi aktiv hodisalar bu nurlar intensivligining ortişida asosiy manba bölib xizmat qiladi. Quyoş çaqnaşlari va eruptiv protuberaneslardagi portlaş tufayli, bu nurlar oqimiga katta energiyali elementlar zarraçalar oqimi ham qöşiladi. Quyoş şamoli deyiluvçi bu oqimning intensivligi Quyoş aktivligining fazasiga mos ravişda özgarib boradi. Quyoşdan kelayotgan korpuskulyar zarraçalar, radiatsion nurlar intensivligining bu xilda özgarib turişi Quyoşning aktivlik darajasiga boğliq bölib, doğlar sonining özgarib turişi bilan bir xilda keçadi.

Quyoş şamolining radiotölqinlariga ta’siri

“Quyoş şamoli” Yerga yetib kelgaç, turli geofizik hodisalarning kelib çiqişiga sabab böladi. Geofizik hodisalar esa, öz navbatida, planetamizning biologik sferasiga ta’sir etadi. Natijada köplab biologik hodisalarning keçişida Quyoş aktivligi özgarişi öz aksini topadi. Quyoş aktivligining past yoki yuqori darajada kuzatilişi birinçi navbatda, Yer atmosferasining yuqori qatlamlarida “aks sado” beradi. Xususan, Quyoş radiatsiyasi tufayli ionosferaning ionlaniş darajasi ortadi. Bu esa, öz navbatida, atmosferaning bu qatlamlarining elektr ötkazuvçanligini, elektromagnit nurlarni qaytara oliş qobiliyatini özgartiradi. Ba’zan Quyoşdan kelayotgan kuçli korpuskulyar oqim ionosferada qisqa uzunlikdagi elektromagnit tölqinlarining yutiliş darajasini şu qadar orttiradiki, natijada atomlar yuqori ionlanişi tufayli, uzoq masofaga qisqa radiotölqinlari uzatilişida bir neça daqiqali uziliş kuzatiladi. 1959 yili 9 may kuni Quyoşda kuçli xrososfera çaqnaşi kuzatildi. 10 va 12 mayda ham Quyoşda bir neça çaqnaşlar kuzatildi. 11 mayda AQŞda radio, telegraf, telefon aloqalari ança muddatga işda çiqdi. 12 mayda eslatilgan çaqnaşlardan otilgan korpuskulyar oqim Yerga yetgaç, osmonda qutb yoğdusi kuzatildi.

Quyoş faolligi va kasalliklar örtasidagi boğliqlik

Quyoş aktivligi va epidemik kasalliklar orasidagi boğlanişni örganişda rus olimi, professor A.L.Çijyevskiyning hissasi katta. U keng tarqaladigan ölat, vabo, qaytarma tif, böğma kabi epidemik kasalliklarni örganib, ularning boşlanişi, rivojlanişi va tugaşi Quyoş aktivligiga mos kelişini aniqladi.

Bundan taşqari, fanda Quyoş çaqnaşining yurak-qon tomir kasalligiga ta’sirini örganib, miokard infarkti kasalligi bilan Quyoş çaqnaşi orasida kuçli boğlaniş mavjudligi ham aniqlangan. Şu bilan birga, Quyoş aktivligi bilan inson asab sistemasi örtasidagi boğlanişni örganiş ham ijobiy natija bergan. Ya’ni Quyoş çaqnaşi kişi asab sistemasi normal faoliyatining vaqtinça buzilişiga olib kelişi ma’lum bölgan.