Olimlar birinçi marta Yer orbitasidagi ikkita sun’iy yöldoş orqali modellaştirilgan Quyoşning sun’iy tutilişi qanday bölişini körsatdi.

Yevropa kosmik agentligining (ESA) xabar berişiça, astronomik hodisa Quyoşning yuqori faolligi vaqtida Yerdagi texnologiyalarda yuz beradigan nosozliklarni örganiş maqsadida yaratilgan.

Birinçi marta Quyoş tutilişi 2025 yil mart oyida modellaştirilgan edi. Bunda Proba-3 missiyasining ikkita kosmik kemasi bir-biridan 150 metr masofada uçib ötdi. Şu bilan birga, sun’iy yöldoşlar bir neça soat davomida millimetrgaça bölgan aniqlik bilan öz pozitsiyalarini saqlab qoldi.

Natijada, bir qurilma Quyoşni boşqa qurilmadan tösib qöydi va uning optik asboblariga 8 santimetr ölçamdagi soyani tuşirdi. Buning şarofati bilan olimlar quyoş toji - atmosferasining taşqi qismi tasvirini olişga muvaffaq böldi.

«Tojni kuzatiş quyoş şamolini, materiyaning kosmosga uzluksiz oqimini aniqlaş uçun juda muhimdir. Bu, şuningdek, toj massasining otilişini, Quyoş deyarli har kuni, ayniqsa yuqori faollik davrida otadigan zarraçalar portlaşini tuşuniş uçun juda muhimdir», deb tuşuntirdi olimlar.

Ularning qöşimça qilişiça, Quyoşning bunday faolligi Yerda qutb yoğdusi paydo bölişiga olib kelişi mumkin, biroq, zamonaviy texnologiyalar uçun xavf tuğdiradi. Quyoşning yuqori faolligi sayyoramizdagi aloqa, elektr uzatiş va navigatsiya tizimlarini buzişi mumkin.

Sun’iy tösiq tufayli tadqiqotçilar Quyoşdagi köproq tafsilotlarni körişga muvaffaq böldi, an’anaviy usullarda bu imkonsiz.

«Birinçi ma’lumotlarni oliş nihoyatda hayajonli böldi. Boşqa ölçovlar bilan birgalikda bu yulduzimiz haqidagi uzoq vaqtdan beri mavjud bölgan masalalarni hal qilişga yordam beradi», dedi loyiha olimi Jo Zender.

Olimlarning ta’kidlaşiça, yiliga bir marta sodir böladigan tabiiy tutilişdan farqli ölaroq, sun’iy tutilişni har 19,6 soatda simulyatsiya qiliş mumkin. Bundan taşqari, sun’iy yöldoşlar astronomik hodisani olti soatgaça uşlab turadi, tabiiy holatda bu bir neça daqiqa davom etadi.