Apple kompaniyasi MacBook Air noutbuklarining yangi avlodini taqdim etdi. Ular avvalgi modellarga nisbatan samarador ekani ta’kidlanmoqda. 

Jumladan, 13,6 dyuymli va 15,3 dyuymli modellar Liquid Retina displeyi va M3 çipi bilan jihozlangan, bu esa M1 çipli modelga nisbatan 60 foizga samarador. 

Yangi qurilmalarning batareya quvvati 18 soatgaça oşgan, bu avvalgi avlod kompyuterlariga qaraganda 30 foiz köpdir. Tezroq va samaraliroq 16 yadroli Neural Engine protsessori sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar bilan işlaşni ta’minlaydi. 

Yangi mahsulotlar MagSafe zaryadlaş ulagiçi, aksessuarlarni ulaş uçun ikkita Thunderbolt porti va 3,5 mm quloqçin portiga ega böldi. Noutbuklarda 1080 pikselli FaceTime kamerasi, Spatial Audio va Dolby Atmos texnologiyasini qöllab-quvvatlaydigan dinamiklar mavjud va ular ikkita taşqi displey bilan işlaş imkoniga ega. 

Qöşma Ştatlarda M3 çipi örnatilgan 13 dyuymli MacBook Air narxi 1 ming dollardan (12,5 mln söm), M3 örnatilgan 15 dyuymli MacBook Air esa 1,2 ming dollardan (15 mln söm) boşlanadi. Noutbuklar kumuş, qora, kulrang va oltin ranglarda işlab çiqariladi. Yangi mahsulotlarni oldindan buyurtma qiliş mumkin, yetkazib beriş 8 martdan boşlanadi.