"Dunyo" xabariga köra, Oybek Şaxavdinov Budapeştga tayinlanişidan oldin TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.
46 yoşli diplomat Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toşkent davlat yuridik universiteti (magistratura), Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MDXMI) tarjimonlar tayyorlaş kursini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Xorazm viloyatida boşlagan. 2004 yildan buyon TIV tizimida. Mehnat faoliyatini Toşkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boşlagan, söngra TIVning Yevropa davlatlari bilan hamkorlik boşqarmasida referentlikdan boşqarma boşliği singari diplomatik xizmatning barça bosqiçlarini bosib ötgan. Şuningdek, Özbekistonning Bryusseldagi elçixonasida işlagan.
Oybek Şaxavdinov Özbekistonning qarorgohi Budapeşt şahrida joylaşgan Vengriyadagi birinçi elçisi sanaladi.








