“Pulli avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Qonun loyihasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari sifatida quyidagilar keltirilgan:
- pulli yo‘llarni tegishli tartibda ta’mirlash va muntazam ta’mirlash uchun to‘lovlarni yetarli miqdorda undirish orqali budjetga yukni kamaytirish;
- yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish;
- avtotransport vositalarining harakatini tezlashtirish;
- umumiy yo‘llardagi yukni kamaytiradigan va transport vositalarining sig‘imini oshiradigan muqobil avtomobil yo‘nalishlarini yaratish;
- baxtsiz hodisalar va natijada xalqaro standartlarga muvofiq qurilgan zamonaviy yo‘llarda o‘lim va jarohatlar sonini kamaytirish;
- yangi ish o‘rinlarini yaratish.
Shuningdek, avtomobil yo‘llar sifatini yaxshilash va eng maqbul tezlik rejimidan foydalanish avtotransport vositalarining yonilg‘i sarfini taxminan 10-15 foizga kamaytiradi va harakatlanish vaqtini qisqartiradi.
Bundan tashqari, yo‘l qoplamasining yaxshilanishi avtotransport vositalari va shinalarning yurish qismlar va pokrishkalar ishlash muddatini (taxminan o‘nlab foizga) oshiradi va natijada tegishli komponentlarni almashtirish xarajatlarini kamaytiradi.
Foydalanuvchilarning xarajatlari to‘liq qoplanadi, negaki yaxshilangan yo‘l sharoitlari ijobiy ta’siri yo‘l haqi miqdoridan bir necha baravar yuqori bo‘ladi.
Yo‘l sohasining rivojlanishi ham xususiy biznes sohasiga, ham davlat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qonun loyihasining amaldagi tuzilishi quyidagicha:
1-bob. Umumiy qoidalar (1-11-moddalar)
Ushbu bobda qonun loyihasining maqsadi va qo‘llanilish sohasi, asosiy tushunchalar va tamoyillar, shuningdek pulli yo‘llarga egalik qilish va pulli avtomobil yo‘llarini tashkil etish uchun yer uchastkalari berish belgilangan.
2-bob. Pulli avtomobil yo‘llar sohasidagi boshqaruv (12-18-moddalar)
2-bob pulli avtomobil yo‘llari sohasidagi davlat boshqaruvini va davlat organlarining vakolatlarini belgilaydi.
















