Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda OIIB boshqaruv kengashining yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov 7 mart kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse-prezidenti Lyudger Shuknext bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston prezidentining yanvar oyida OIIB bosh qarorgohiga tashrifidan so‘ng sezilarli darajada faollashgan OIIB va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish dinamikasi qayd etilgan.
Tashrif yakunlari bo‘yicha 2024—2026 yillarda O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida umumiy qiymati 2,5 mlrd dollarlik qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik dasturi hamda OIIB boshqaruv kengashining yillik yig‘ilishini 2024 yil 25—26 sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi memorandum imzolangan.
Tomonlar loyihalarning amalga oshirilishi, shuningdek, 2024—2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga kiritilgan energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, sog‘liqni saqlash va suv ta’minoti sohalarida yangi tashabbuslarni birgalikda hayotga tatbiq qilish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026