Mikroqarz şartnomasiga asosan uni söndiriş muddati 36 oydan oşgan taqdirda, qarz yuki böyiça örtaça oylik tölovlar miqdori hisob-kitobida mikroqarz böyiça barça tölovlar 36 oyga teng miqdorda taqsimlanadi, bundan ipoteka kreditlari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joylaştiriladigan resurslar hisobidan ajratilgan ta’lim kreditlari mustasno.
Ipoteka krediti şartnomasiga asosan uni söndiriş muddati 180 oydan oşgan taqdirda, qarz yuki böyiça örtaça oylik tölovlar miqdori hisob-kitobida kredit böyiça barça tölovlar 180 oyga teng miqdorda taqsimlanadi, bundan davlat dasturlari doirasida ajratilgan ipoteka kreditlari mustasno.
2024 yil 1 iyulga qadar qarz beruvçi tomonidan mikroqarzlar ajratişda jismoniy şaxsning qarz yuki körsatkiçi 50 foizdan oşmasligi kerak.
2024 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 yanvarga qadar uşbu körsatkiç 60 foizdan, 2025 yil 1 yanvardan boşlab — 50 foizdan oşmasligi kerak.







