Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasi tomonidan Özbekiston hududida sotilişi taqiqlangan ozdiruvçi mahsulotlar röyxati e’lon qilindi.
Qayd etilişiça, quyidagi mahsulotlarni Özbekiston hududida realizatsiya qiliş va saqlaş taqiqlanadi: Reborn Ultimate, Lipotrim Ultra, “Seksualnaya figura”, Al-Sheikh, Fatzorb, Fatzorb Ultra, Fatzorb Plus, Spirulina, Arabic, Reduksin Layt, Kod S, Shafran diet, Gold Puma, “Blokator jira”, Hot pepper, “Fermentaiz”, “Lipoksin dlya poxudeniya”, “Kuaymyy Extra”, Slim ultra (Samyun Wan).
Özbekiston hududiga noqonuniy yöllar bilan kirib kelgan va huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlarda aşyoviy dalil sifatida olingan uşbu mahsulotlarning tarkibida sibutramin moddasi mavjudligi aniqlangan.
Mazkur modda Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasida kuçli ta’sir qiluvçi moddalar muomalasini tartibga soliş töğrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan kuçli ta’sir qiluvçi moddalar röyxatiga kiritilgan. Tarkibida sibutramin moddasi mavjud bölgan yuqoridagi 19 turdagi mahsulot dori vositasi sifatida Özbekistonda davlat röyxatidan ötkazilmagan.
Markaz kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni işlab çiqariş, oliş, saqlaş, hisobga oliş, beriş, taşiş yoxud jönatiş qoidalarini buziş uçun jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatgan.
Oldinroq Özbekistonda Bar-VIPS dori vositasining sertifikatlaştirilmagan seriyasi sotuvga çiqarilgani aniqlangandi.








