Kia Sonet’ni işlab çiqarilişi ADM Jizzakh'ning zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi işlab çiqariş maydonida amalga oşiriladi. Model uçun möljallangan işlab çiqariş quvvatlari Kia Sonet’ning maxsus payvandlaş liniyasini, unifikatsiyalangan kuzov, plastik elementlarni böyaş liniyalarini, yiğiş liniyasini hamda yakuniy tekşiriş va sinov liniyasini öz içiga oladi. Majmua yiliga 100 mingga yaqin avtomobil işlab çiqarişga möljallangan. Obektdagi barça örnatiş va işga tuşiriş işlarini 2024 yil mart oyining oxirigaça yakunlaş rejalaştirilgan.

Asosiy işlab çiqarişdan taşqari, Kia Sonet loyihasi doirasida Özbekistonda bir neça önlab har hil turdagi butlovçi qismlar, böğinlarni işlab çiqarişni va işlab çiqariş operatsiyalarini mahalliylaştiriş rejalaştirilgan bölib, bu esa Sonet’ni MDH hududida işlab çiqarilgan barça Kia modellari orasida mahalliylaştiriliş darajasi eng yuqori bölgan modellardan biriga aylantiradi.

Kia uşbu avtomobilning yoşlarga hos uslubini ta’kidlab, Sonet’ni "smart-krossover" sifatida taqdim etdi. Şu bilan birga, Sonet’ning taşqi körinişida işonçlilik va salobat mavjud bölib, dizaynerlar uni transport oqimida boşqa avtomobillardan farqlab turuvçi qator original va zamonaviy vizual yeçimlarni amalga oşirganlar.

Kia kompaniyasining prezidenti va boş direktori Xo-sung Song Sonet’ni taniştirar ekan, şunday dedi: “Agressiv va zamonaviy dizayn, qiziqarli boşqaruv xarakter va Kia tomonidan taklif etilayotgan ilğor texnologiyalar uşbu modelni brendning mijozlar uçun, ayniqsa ."Millenniallar" va "Z avlod" vakillari uçun eng jozibador qilişga bölgan intilişining çinakam ifodasidir. Sonet - dunyoning barça mintaqalarida krossover segmentiga tez ösib borayotgan talabga bizning javobimiz bölib, yangi model Kia brendiga juda köp yangi mijozlarni jalb qiliş imkoniyatiga egadir”.

Kia Sonet ajoyib iştiyoq bilan qabul qilindi: işlab çiqarilişi boşlanganiga bir yildan kamroq vaqt içida u Hindistonda eng köp sotilayotgan ixçam krossoverlardan biriga aylandi, 100 000 dan ortiq xaridor uni tanladi. Bunday muvaffaqiyatli natijalarga asoslanib, Kia dunyoning boşqa mintaqalarida ham modelni tarğib qilişni davom ettirdi. Sonet’ni töliq texnologik sikl böyiça Özbekiston hududida işlab çiqariş loyihasi uşbu dasturni amalga oşirişdagi muhim qadamlardan biri böldi. Bunday qaror brendning respublika bozorida keng miqyosdagi iştirokini mustahkamlaş va kengaytiriş rejalarining jiddiyligini ta’kidlabgina qolmay, balki Kia’ning Özbekistondagi hamkorlarining professionalligi va iş sifatiga yuksak baho beradi.