Ingliz tahririyatiga qabul qilinadigan muxbirlarning asosiy vazifasi – voqea-hodisalarni yoritib boriş orqali Kun.uz'ning ingliz tilidagi talqinini boyitiş, xususan, intervyular va jurnalistik videokontent hisobiga rang-baranglikni oşiriş böladi.
Nomzodlarning ingliz tilini biliş darajasi IELTS mezonlari böyiça yoki yoziş, yoki gapiriş könikmasi böyiça 7 balldan kam bölmasligi lozim. Muxbirlar öz tanloviga köra iş faoliyatida asosiy e’tiborni matn bilan işlaş (şu jumladan, tarjima) yoki videokontent yaratişga qaratişlari mumkin.
Nomzodlarga qöyiladigan talablar:
ingliz tilini egallaş könikmasi yuqorida ta’riflangan darajaga mos bölişi;
Toşkent şahri yoki unga yaqin hududda istiqomat qiliş, Kun.uz'ning Toşkent şahridagi ofisiga kelib işlaş;
vaqti-vaqti bilan xorijga xizmat safarlari uçun çiqiş imkoniyatiga ega bölişi lozim.
Sohasidan qat’i nazar, ingliz tili faoliyatining asosini taşkil etuvçi mehnat tajribasiga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi.
Kun.uz quyidagilarni taklif etadi:
raqobatbardoş oylik maoş;
rasmiy mehnat şartnomasi;
ofisda bepul tuşlik;
kasbiy rivojlaniş uçun imkoniyatlar.
Nomzodlardan özi haqida erkin tarzda yozilgan ma’lumotlarni Telegram'dagi @kunuzkadr manziliga yuboriş söraladi. Kadrlar bölimi tanlab olingan nomzodlar bilan telefon orqali boğlanadi.







