Boş prokuratura huzuridagi departamentning xabar berişiça, departamentning Paxtaçi tuman bölimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan yaşirin korxona aniqlangan.

Tumanning “Jahonobod” MFYdagi xonadonda yaşovçi J.Ş. öz uyining yordamçi xöjaligida yaşirin ohak işlab çiqariş sexi taşkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi gaz tarmoğiga öğirlik yöli bilan ulangan holda 2,7 mln metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4 mlrd söm zarar yetkazgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.