Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ikki oyda qancha egizak tug‘ilgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 2024 yilning o‘tgan ikki oyida qancha egizak tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida respublika bo‘yicha 3 208 ta egizak chaqaloqlar tug‘ilgani qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17 taga (0,5 foiz) ko‘paygan.
Statistika agentligiga ko‘ra, 2023 yilda respublikada 962 ming nafar tirik tug‘ilish qayd etilgan. Shundan 21 012 nafari egiz tug‘ilganlar.
Hududlar bo‘yicha tug‘ilgan egizaklar soni eng ko‘p Farg‘ona viloyatida qayd etilgan – 2494 nafar.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2313 nafar hamda 2171 nafar egizaklar dunyoga kelgan Samarqand va Qashqadaryo viloyati joy olgan.
Mavzuga oid
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar 2 oyda tibbiy xizmatlarga 3,5 trln so‘m sarfladi
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
11:45 / 01.04.2026