Sessiyaga tayyorgarlik doirasida Madaniy meros agentligi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda – Samarqand şahridagi tegişli madaniy meros obektlarini asraşga doir işlarni hamda immersiv va mavzuli körgazmalarni taşkil etadi.
Taşqi işlar vazirligi – YuNeSKO boş direktori nomiga Özbekiston Respublikasining Madaniy yodgorliklarni saqlaş va restavratsiya qiliş böyiça xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bölişi uçun rasmiy ariza topşiradi.
YuNeSKO işlari böyiça milliy komissiya – Özbekistondagi şaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros obektlarini tegişliça YuNeSKOning Ijodkor şaharlar hamda Ta’limni tarğib etuvçi şaharlar tarmoqlariga, şuningdek, xalqaro röyxatlariga kiritiş çoralarini köradi.
Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi – YuNeSKO mezonlari asosida va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda Samarqand şahrida Buyuk ipak yöli davlat muzeyini taşkil etiş, sohibqiron Amir Temur boğlarini qayta tiklaş, Bibixonim majmuasini restavratsiya qiliş, Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan Buxoro tarixiy markazini muhofaza qilişga qaratilgan uning master va menejment rejalarini işlab çiqiş böyiça tegişli qarorlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, tegişli vazirlik va idoralar Taşqi işlar vazirligi bilan birgalikda – sessiyaning mamlakatda ötkazilişi ahamiyatini, şuningdek, Özbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global taşabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atrofliça oçib berişga qaratilgan tarğibot-taşviqot işlarini taşkil etadi.












