Til imtihoni uçun tölov qaytariladi

Xalqaro imtihon tizimlari böyiça yuqori ball (daraja) olgan yoşlarga imtihon topşiriş xarajatlari töliq qoplab beriladi. Buning uçun talabgor röyxati mavjud xalqaro imtihonlardan birida belgilangan talabdagi natijani qayd etgan bölişi kerak. Masalan, IELTS imtihonida kamida 7 ball, koreys tili böyiça TOPIK imtihonida kamida 5-darajani qölga kiritişi kerak.

Balli yetarli bölgan 30 yoşgaça fuqarolar my.gov.uz portali orqali onlayn ariza topşirib, imtihon pulini qaytarib olişlari mumkin. Ariza topşirilgandan söng jami 30 kun davomida ularning sertifikati haqiqiy ekanligi tekşirilib, imtihon puli kompensatsiya qilinadi.

Öquv kursi puli ham tölanişi mumkin

Prezident matbuot xizmati bergan ma’lumotga köra, 2024 yildan boşlab faqat sertifikat puli emas, 6 oygaça muddatlik çet tilini örganiş uçun öquv kursi puli ham tölab beriladi.

Bunda xususiy kurslarda öqib, C1 sertifikatini olgan yoşlarga öqiş xarajatlari tölanadi.

Şuningdek, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari böyiça B2 darajasi sertifikatini oliş xarajatlari qoplanadi. Hozirgi tartib böyiça bu til sertifikatlari darajasi ham C1 bölsa, imtihon xarajatlari qoplanayotgan edi.

Hozirça öquv kurslarida öqiganlik uçun pullar qay tartibda kompensatsiya qilinişi ma’lum qilinmadi.

“Prava”ga öqiş xarajatlari

Yoşlarda avtomaktabda öqiş xarajatlari uçun kompensatsiya oliş imkoni ham bor. Lekin bu imkoniyat faqatgina “Yoşlar daftari”ga kirganlar uçun berilgan. Davlat “Yoşlar daftari”ga kirganlarga avtomaktabda öqişlari uçun 4 BHM – 1 mln 360 ming sömgaça kompensatsiya qilişi mumkin.

Buning uçun avtomaktabda öqişni istagan yoşlar tuman (şahar) yoşlar işlari bölimiga ariza hamda öquv kursi şartnomasi nusxasini beradi. Şartnomada ta’lim taşkiloti nomi, STIR, öquv kursi yoki kasb-hunar nomi, bir oylik tölov miqdori va umumiy muddat körsatilgan bölişi lozim.

IT örganiş uçun subsidiya

Joriy yil 1 martdan boşlab:

  • xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoşlarning öqiş hamda uşbu sertifikatlarni oliş xarajatlarining 60 foizgaça bölgan qismi qoplab beriladi;
  • ingliz tilini biliş böyiça V2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bölgan yoşlarning xalqaro IT-sertifikatlar oliş xarajatlari töliq qoplab beriladi.

Subsidiya oliş hamda xarajatlarni qoplab beriş böyiça davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bepul körsatilişi belgilangan.

Til bilgan tibbiyotçilarga stipendiya

Tibbiyot yönalişida öqiyotgan talabalar uçun şu öquv yili boşidan BHMning 3 barobari – 1 mln 20 ming söm miqdorida stipendiya berilişi e’lon qilingandi.

Stipendiya oliş uçun nomzod tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari talabasi bölişi, ingliz tilini kamida 7,5 darajada bilişini belgilovçi xalqaro tan olingan sertifikatga (IELTS Academic) hamda nemis va fransuz tilini biliş darajasini belgilovçi S1 xalqaro tan olingan sertifikatga ega bölişi kerak.

Işga kiriş imkoni

Çet tilini yaxşi biluvçi yoşlarga ma’lumot uçun: Raqamli texnologiyalar vazirligi çet tilini biladigan yoşlarning işga joylaşişiga yordam berişini ma’lum qildi.

Ingliz, fransuz, nemis, koreys, yapon, rus, xitoy va arab tillarini yaxşi biladigan yoşlar IT kompaniyalariga işga joylaştiriladi. Bunda talabgorning mutaxassisligi muhim emas. Buning uçun sörovnomani töldirib, iş uçun ariza beriş kerak. Sörovnoma töldirilgaç, ariza egasi bilan boğlaniladi va unga işga joylaşişga yordam beriladi.