Holandda omadsiz kunlar, Ispaniyada intriga ölmoqda. Kun öyinlari
|17:05 / 17.03.202430 03318 min
Bellinghem ortidan Vinisius ham hakam bilan bahslaşib diskvalifikatsiyaga uçradi, Keyn jarohat oldi. Şanba oqşomida Yevropa futbolida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.
Foto: ROBBIE JAY BARRATT - AMA/GETTY IMAGESFoto: ROBBIE JAY BARRATT - AMA/GETTY IMAGES
Angliyada şu kuni kubok turniri asosiy planga çiqdi, ammo bir uçraşuvdan iborat böladigan çorakfinalda jiddiy kuraş kuzatilmadi. «Mançester Siti» «Nyukasl»dan ança kuçliroq, qolaversa şu kuni omad ham Xosep Gvardiola jamoasi tomonida böldi. Dastlab Bernardu Silvaning zarbasi Şerga tegib, rikoşet orqali boşqa tomonga yöl oldi va Dubravkani ilojsiz holatda qoldi. Portugaliyalik hujumçining keyingi zarbasi ham darvozabonga qiyinçilik tuğdirmaydigandek köringandi, ammo zarba yönalişida turgan Botman töpga boş bilan teginişga qaror qildi va töp yana darvoza töriga borib tuşdi.
«Qarğalar» birinçi bölimdayoq ikki gol ötkazib yubordi va raqibga gol ura olmadi, Edersonning jarohati tufayli darvozaga qaytgan Ortega Isakning jarima maydoni içidan yöllagan zarbasidan keyin fenomenal seyv namoyiş etdi.
Ikkinçi bölimda «Siti» töpga egalik qilişda davom etdi va mehmonlarga qaraganda uç barobar köproq vaziyatlar yaratdi (jami zarbalar böyiça 16:2, darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar böyiça 5:1). «Siti» va APLning eng yaxşi töpurari Holand esa bu mavsum ötgan mavsumdagidek sermahsul öyin körsata olmayapti (ayniqsa sönggi öyinlarda). Angliya Kubogining oldingi bosqiçida norvegiyalik hujumçi «Luton» darvozasiga beşta gol urgandi, bu safar esa öz vaziyatlaridan foydalana olmadi. U «Nyukasl» darvozasi tomon beş bor zarba yölladi, ammo har safar zarbalari xato ketdi. U yil boşidan buyon ötkazilgan 12 öyindan 7 tasida maydonni golsiz tark etişiga töğri keldi.
Şunga qaramay, «Siti» işonçli hisobni öyin oxiriga qadar saqlab qoldi va Angliyaning qatorasiga olti mavsumda kubok yarimfinaliga çiqqan ilk jamoasiga aylandi. «Şaharliklar» — Angliyada darajasi böyiça ikkinçi örinda turuvçi uşbu sovrinning amaldagi sohibi sanaladi.
Şanba kungi öyinlar doirasida «Koventri» ham «Vulverhempton» bilan öyinda qöşimça daqiqalarda ikki gol urib (3:2), yarimfinalga çiqdi. Yakşanba kungi öyinlarda «MYu» – «Liverpul» hamda «Çelsi» – «Lester» juftliklari keyingi ikki yarimfinalçi nomiga aniqlik kiritadi.
Kubok öyinlari tufayli çempionatdagi öyinlar soni qisqargan, bu tur doirasida «Kreyven Kottej»dagi London derbisi diqqat markazida edi. «Tottenhem» tanaffusga qadar köproq hujum uyuştirdi va gol uriş uçun yetarliça vaziyatlar yaratdi, ammo mezbonlar ham muntazam ravişda va keskin javoblar qaytarib turdi. Bölim oxirida esa Robinsonning çap qanotdan uyuştirgan hujumi Rodrigo Muniz hisobni oçişi bilan yakunlandi. Ikkinçi bölim boşida esa Kastanning öng qanotdan uzatmasiga darvozabon hududiga yetib kelgan Lukiç oyoq qöyişga ulgurdi va hisobdagi ustunlik oşirildi.
Bir hafta oldin kuçli törtlik uçun töğridan töğri raqobatçisi bölgan «Aston Villa»ga safarda javobsiz törtta gol urgan «Tottenhem»ni tanib bölmay qoldi. Agar mezbonlarning yana bir goli ofsayd tufayli bekor qilinmaganida va Vikarioning qator seyvlari bölmaganida, bu öyin protokolida ham 4:0 hisobi aks etgan bölardi. Mehmonlar qulay pozitsiyalardan ham gol ura olişmadi va jamoaning APLda 39 uçraşuvdan iborat golli seriyasiga barham berildi. «Tottenhem» hamon beşinçi örinda va öyinlar soni teng holatida «Aston Villa»dan ikki oçkoga ortda qolmoqda.
«Real» «Osasuna»ga safarda tört gol urib, navbatdagi uç oçkoni qölga kiritdi. Vinisius öyin qahramonlaridan biri böldi. Ammo u sportga xos bölmagan harakati tufayli «Atletik»ka qarşi muhim uçraşuvni ötkazib yuboradi.
Madridliklar Bellinghemsiz ikkinçi öyinni ötkazdi: Jud «Valensiya»ga qarşi öyin oxirida gol urgan, ammo bungaça arbitr final huştagini çalib bölgani uçun gol bekor qilingan, hakam bilan bahslaşgan futbolçi esa qizil kartoçka olgadi. Şu kunlarda Marokaş milliy jamoasiga ötgan Braim Dias uning örniga öynamoqda. «Selta»ga qarşi oldingi öyinda ingliz futbolçisiz ham oson ğalabaga erişildi (4:0).
Jamoadagi yana bir özgariş — Naço zaxirada qoldirilişi va Tçuameni mudofaa markazidan joy egallaşi bilan boğliq. Militao uzoq vaqtlik jarohatdan tuzalmoqda — u bir hafta oldin şuğullanişni boşladi. Şunday ekan, tez orada «Real» himoyasidagi muammolar kamayadi.
«Osasuna»ga qarşi öyinning 4-daqiqasidayoq hisob oçildi — Vinisius çempionatdagi 11-golini urdi. Mehmonlar himoyaçisi Katena jarima maydoni atrofida töpni oldirib qöydi va braziliyalik hujumçi yakkama-yakka vaziyatdan foydalandi. Lekin bir neça daqiqa ötib Budimir burçak zarbasidan keyin muvozanatni tikladi. Bu madridliklar joriy mavsumda standart vaziyatdan keyin ilk bor gol ötkazib yuborişi böldi. Vinisius esa Ryudigerning himoyaçilar orasidan ötkazib bergan pasidan foydalana olmadi: yakkama-yakka vaziyatda töpni Erreraning oyoqlari orasidan ötkazmoqçi böldi, ammo darvozabon qutqardi.
Jamoalar 18-daqiqaga kelib 90 daqiqa uçun yetarli bölgan hujumlar uyuştirişdi, ammo Errera va Lunin öz işlarini töğri bajarişdi. Keyin esa Valverdening mohirona harakatlarini markaziy hujumçi pozitsiyasida paydo bölgan Dani Karvahal mohirona zarbasi bilan yakunlab berdi.
Bölim oxirida esa Vini keraksiz vaziyatda sariq kartoçka oldi: u maydonning raqib qismida qoida buzdi, arbitr bilan suhbat vaqtida esa kulib qöl silkidi. Endi «Atletik» bilan öyinda uşbu braziliyalik jamoaga yordam bera olmaydi.
Ikkinçi bölimda esa jamoalar futboldan köra kuraş namoyiş etişdi: 15 daqiqa davomida jamoalar juda köp fol işlatişdi va kutilgan gol körsatkiçi böyiça jami 0,01 xG qayd etişdi. Şundan keyin «Real» öyinda favorit kimligini eslab qolib, uç taqiqada ikki gol urdi.
Avvaliga Lunin töpni uzoqlaştirgaç, Valverde havodagi kuraşda ustun keldi va töpni oldinga taşladi, bu töpga yetib borgan Braim yakkama-yakka vaziyatdan foydalandi. Keyin Ryudiger yana özini pleymeyker sifatida namoyon etib, töpni çap qanotga oşirib berdi. Valverde esa raqib jarima maydoniga yorib kirgan Vinisiusni töp bilan ta’minladi va u bu safar Errerani doğda qoldirdi.
«Osasuna» ikkinçi bölimda 90+1-daqiqaga qadar umuman heç qanday vaziyat yarata olmadi: qöşib berilgan daqiqalarda esa Munos hisobni bittaga qisqartirdi. «Real» esa yana gol urişi mumkin edi: Vinisius het-trikka yaqin edi, Errera Rodrigo bilan duelda ustun keldi, Modriçning xavfli uzatmasini bartaraf etdi, Guler Errera oldinga çiqib ketganini körib, maydon markazidan şedevr gol urişi mumkin edi, ammo uning zarbasi tösinga tegdi.
Buni madridliklar va diskvalifikatsiyasi bölmaganda Vini uçun ham ideal öyin deyiş mumkin edi. «Atletik»ka qarşi öyinda Bellinghem safga qaytadi, şunga qaramay, kuraşuvçan basklarga qarşi öyinda braziliyalik futbolçining yöqligi sezilişi mumkin.
«Jirona» «Xetafe»ga mağlubiyatga uçradi (qatorasiga törtinçi safar öyinida) va endi «Real»dan 10 oçkoga ortda qolmoqda. Qolaversa, bu turda «Barselona» «Atletiko»ni mağlubiyatga uçratsa, ikkinçi öringa çiqib olişi mumkin.
«Jirona» «Xetafe» bilan öyinga Tsigankov – Dovbik tandemini tuşira olmadi. Yarimhimoyaçi jarohat olgan va öyin qaydnomasiga kiritilmadi. Tarkibdagi boşqa muammolar kataloniyaliklar boş murabbiyi Miçelni çap qanot himoyasiga Blindni qöyişga majbur qildi. Jamoada hujum çiziği ham kuçsizlangandi va hisob 0:0 holatida mehmonlar hujumga ötişga oşiqişmadi.
«Jirona» markaziy hujumçisi Dobvikka yetarliça uzatmalar bölmadi, dastlabki 40 daqiqa davomida u atigi sakkiz bor töp bilan uçraşdi, şundan faqat bittasi raqib jarima maydoni içida. Öyinda mehmonlar zarariga bahsli holatlar ham kuzatildi, Artyom Dobvikning uzatmasidan keyin Portu yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketayotgandi, amo Alderete uning futbolkasidan tortib qoldi. Hakam Munuera Montero sariq kartoçka körsatdi, videoassistentlar uni qizil ehtimolini körib çiqiş uçun VAR monitoriga çaqirişdi, ammo referi öz qarorini özgartirmadi. Keyin mezbonlar himoyaçisi Jyene töpni jarima maydonidan uzoqlaştirişda toyib ketib, Dovbikning oyoğiga borib urildi. Ammo hakam bu zarba u qadar kuçli bölmagani va folga tortmasligini bildirdi.
Öyinda darvoza sohasiga borgan ilk zarba öyinning yarim soati ortda qolganida röy berdi. Bu zarba «Xetafe» tomonidan yöllandi va hisob oçildi. Öng qanotda Moribadan töpni qabul qilgan Santyago ikki teginişdan keyin töpni uzoq burçakka aniq yölladi.
Bölim oxirida Dovbik ikki qulay vaziyatga ega böldi, ammo aniq zarba bera olmadi. Tanaffusdan keyin «Xetafe» töpni nazorat qildi va raqibga hujum qilişga imkon bermadi. Faqat bölimning ikkinçi qismiga ötib «Jirona» maydonning ikkinçi qismida faollaşdi. Dovbik yana ikki qulay vaziyatga ega böldi. Birinçi epizodda u ikki himoyaçidan qoçib ketib, jamoasining öyin boşidan buyon darvoza sohasiga borgan ilk zarbasiga mualliflik qildi – ammo yerlatib berilgan zarba darvozabonga qiyinçilik tuğdirmadi. Keyin kataloniyaliklar çiroyli kombinatsiya uyuştirişdi va Savio töpni qulay vaziyata turgan Artyomga yetkazib berdi. Ammo u yana vaziyatdan foydalana olmadi.
«Jirona» 85-daqiqada javob golini uriş uçun sönggi imkoniyatini ham yöqqa çiqardi, kross uzatma uçun havodagi kuraşda ustun kelgan Dovbik boş bilan zarba berdi, yana muvaffaqiyatsiz. Öyinga qöşib berligan yetti daqiqa davomida «Xetafe» raqibga hujum qilişga imkon bermadi. Zarbalar statistikasi böyiça amalda durang – 11:12 (darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar – 3:3), ammo Xose Bordalasa jamoasi ğalabaga erişdi.
«Bavariya» Darmştadtda hisobda ortda quvişiga töğri keldi va yana Keyn öyinda buriliş yasadi. Avvaliga Harri Musialaga hisobni tenglaştirişda yordam berdi. Keyin — yiqilayotgan holatda boş bilan ajoyib zarba berdi, bu vaziyatda fintlar bilan himoyaçilarni şoşirib qöygan va töp maydonni tark etişiga yöl qöymagan Kimmih ham ajoyib harakat qildi. Mezbonlar yana vaziyatni tenglaştirişga juda yaqin keldi va bu epizodda myunxenliklarni darvoza ustuni goldan saqlab qoldi, ammo şundan keyin öyin Tomas Tuxel ssenariysi böyiça keçdi. Ikkinçi bölimda Musiala yana bir gol urdi va Gnabriga pas berdi. Uzoq davolanişdan keyin safga qaytgan uşbu futbolçi qatorasiga ikkinçi turda gol urmoqda. Ammo barçasi mehmonlar uçun ideal yakunlanmadi, öyin oxirida darvoza ustuniga borib urilgan Keyn jarohat olib almaştirildi. Lekin u maydonni yangi rekord bilan tark etdi, bungaça bundesligada heç kim ilk mavsumidayoq 31 gol urmagan.
«Bayyer» va «Bavariya» birinçi va ikkinçi örinlarni heç kimga berib qöymasligi tayin, «Ştutgart» ham uçinçi örinda özini ança işonçli his qilmoqda. Qolaversa, Afrika kubogidan qaytganidan keyin jarohatidan tuzalgan Girassi yuqori sport formasida. «Hoffenhaym» maydonida ham şvablar mergani çiroyli fint bilan birinçi golli hujumga hissa qöşdi, bu hujum yakunida Undav Miyoni zarba beriş holatiga çiqardi. Tanaffus arafasida esa Girassi jarima maydoni içiga kesib uzatilgan pasni golga aylantirdi. Gvineyalik hujumçiga ham Undav assistentlik qildi, uşbu juftlik çempionatda birgalikda 36 gol urişgan. Bu Elber — Bobiç tandemining takrorlanişi böldi, Yurgen Klinsmann va Karl Allgeverning klub rekordiga yetişga esa bir gol qoldi.
Kun statistikasi
«Koventri» öz tarixida 2-bor Angliya Kubogi yarimfinaliga çiqdi. Ötgan safar bu 1986/87 yillar mavsumida qayd etilgan va öşanda jamoa sovrinni öziniki qilgandi.
«Torino» forvardi Sapata A seriyaning sönggi sakkiz mavsumidan 7 tasida gollari sonini öndan oşirmoqda. Bunday körsatkiçga faqat «Latsio» hujumçisi Immobile erişgandi.
Joselen Gurvennek «Nant» boş murabbiyligidagi dastlabki 15 öyinidan 10 tasida mağlubiyatga uçradi. Bungaça heç bir murabbiy bunday qisqa vaqt içida bunday yomon natija qayd etmagandi.
«Torino» Italiya çempionatining 29 turida 14 öyinda öz jamoasi darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, jamoada bunday natija 1991/92 yillar mavsumidan buyon kuzatilmagandi.
«Augsburg» hisobda ortda borayotgan öyinlarida vaziyatni özgartiriş orqali jami 23 oçko töpladi. Şunday öyinlarda yana olti oçko işlansa «Bayyer»ning 1999/00 yillar mavsumidagi (29 irodali oçko) rekordi takrorlanadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi