Turkiyada mehmonxona egasini öldirganlikda ayblanayotgan Özbekiston fuqarosi Hasanjon Aminov Rossiyadan ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Rossiya Içki işlar vazirligiga tayanib «Interfaks» xabar berdi.
Turkiya huquq-tartibot idoralariga köra, Aminov şerigi bilan Istanbuldagi mehmonxonada işlagan va 2019 yil iyul oyida uning egasini öldirib, mamlakatni tark etgan. U Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan va faqat 4 yildan keyin Qozon şahrida hibsga olingan.
2023 yil dekabr oyida Rossiya Boş prokuraturasi Turkiyaning qidiruvdagi şaxsni ekstraditsiya qiliş haqidagi iltimosini qanoatlantirdi. 15 mart kuni Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari Aminovni Moskvaning Vnukovo aeroportida turkiyalik hamkasblariga topşirdi.













