Bu haqda Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegişli qarorni imzoladi.
Joriy yilda Böka, Yangiyöl, Yuqori Çirçiq va Zangiota tumanlari eksportbop ekinlar yetiştirişga ixtisoslaştiriladi hamda mazkur tumanlarga 10 nafardan eksportyorlar biriktiriladi.
2024 yil yakuniga qadar meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan tumanlarda meva-sabzavotlarni şok usulida muzlatişni yölga qöyiş böyiça yangi loyihalar amalga oşiriladi. Barça şahar va tumanlarda aholi tomorqa yer maydonlarida bahorgi, takroriy va töqsonbosti usulida ekinlar ekiş orqali 3 marotaba hosil olişni nazarda tutuvçi qişloq xöjaligi ekinlarini joylaştiriş prognoz körsatkiçlari işlab çiqilgan.
Bundan taşqari, kiçik biznesni uzluksiz qöllab-quvvatlaş kompleks dasturi doirasida işlab çiqarişga oid loyihalar bilan bir qatorda mahsulot yetiştiriş bilan boğliq loyihalarga (qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştiriş bundan mustasno) 100 million sömgaça garovsiz kreditlar ajratiladi. Muzlatgiçli omborxona, tayyor holda issiqxona, qadoqlaş, quritiş va qayta işlaş sexlari aholiga 12 oyga bölib tölaş şarti bilan lizingga berilişi belgilandi.













