«Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga köra, Özbekiston va Ozarboyjon hukumatlari örtasida energetika sohasida hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş töğrisidagi bitim tasdiqlandi. 

Bitim 2023 yil 22 avgust kuni Boku şahrida imzolangan edi. 

Energetika vazirligi mazkur xalqaro şartnomani amalga oşiriş uçun mas’ul bölgan vakolatli organ etib belgilandi. 

Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari uşbu xalqaro şartnoma kuçga kirganidan keyin Özbekistonning majburiyatlari bajarilişi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.