Prezident Şavkat Mirziyoyev davlat fuqarolik xizmatçilari oylik iş haqi tizimi va mehnatga haq tölaş şartlarini takomillaştiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda davlat xizmatçilari mehnatiga haq tölaş sohasini tartibga soluvçi yagona huquqiy hujjat mavjud emas. Turli davlat organlarida mehnatga haq tölaş tartibini belgilaydigan 50 dan ortiq alohida normativ-huquqiy hujjat amal qilmoqda.

Şu munosabat bilan davlat fuqarolik xizmatçilari uçun yagona, oçiq va natijaga asoslangan mehnatga haq tölaş tizimini joriy etiş taklif qilindi. Yangi tizim 54 ming nafar davlat xizmatçisini qamrab olişi rejalaştirilgan.

Takliflarga muvofiq, davlat organlari milliy, respublika, hududiy hamda tuman va şahar darajalariga ajratiladi. Xodimlar esa bajaradigan vazifalariga qarab ma’muriy boşqaruv, asosiy va qöllab-quvvatlaş guruhlariga bölinadi.
Xalqaro tajriba asosida 11 ta razryad va 6 ta poğonadan iborat yangi iş haqi setkasini joriy etiş közda tutilmoqda. Şuningdek, hozirgi vaqtda qöllanilayotgan öndan ortiq turli ustama va mukofotlar örniga uçta asosiy rağbatlantiriş tölovi joriy etiladi.
Jumladan, xodimlarning malaka darajasi, funksional vazifalarni bajarişi, ijro intizomi, mehnat intizomi va taşabbuskorligi KPI asosida baholanib, ularga tegişli ustamalar tölanadi.
Bundan taşqari, muhim va murakkab vazifalarni bajargan, innovatsion yondaşuvlarni joriy etgan hamda yuqori natijaga erişgan davlat xizmatçilariga hisobot davri yakuni böyiça bonus tölovlari beriş ham nazarda tutilmoqda.

















