«HAMAS iyerarxiyasidagi uçinçi şaxs Marvon Iso isroilliklarning ötgan haftadagi amaliyoti natijasida öldirildi. Qolgan yetakçi rahbarlar katta ehtimol bilan HAMAS tunnellar tarmoğida çuqur yaşiringan, ammo adolat ularga ham yetib boradi», — degan Sallivan brifing çoğida.
U şuningdek AQŞ prezidenti Jo Bayden duşanba kuni Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali muloqot ötkazganini aytgan.
HAMAS vakillari Isoning ölimi töğrisidagi xabarlarga izoh bermagan.
11 mart kuni isroillik harbiylar Ğazo markazidagi Nuseyrat qoçqinlar lageri hududidagi yerosti kompleksi böylab aviazarba yöllangani, aynan Iso zarba nişoni bölganini xabar qilişgandi. U HAMASning Isroilga 7 oktyabr kuni amalga oşirilgan hujumi taşkilotçilaridan biri ekani aytiladi.
Iso HAMASning harbiylaşgan qanoti — «Izz ad-Din al-Qassam» brigadasi boş qömondoni Muhammad Deyfning öng qöli sanalardi.
Ötmişdagi aktyor, basketbolçi, şifokor: HAMAS yetakçilari haqida nimalar ma’lum?
Isroil mudofaa armiyasi rasmiy vakili Daniel Hagari öşanda amaliyot çoğida Iso öldirilganiga oydinlik kiritmagandi: «Biz hali zarba oqibatlarini örganmoqdamiz va hozirça yakuniy tasdiq olinmadi».

Sallivanning sözlariga köra, Bayden Netanyahu bilan muloqot çoğida Isroilni qöllab-quvvatlaşga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan, ammo isroillik harbiylar uruş paytida millionga yaqin qoçqinlar kelib jyoylaşgan Ğazo janubidagi Rafah şahriga bostirib kirişi xato bölişini qayd etgan.
«Bu begunoh tinç aholi vakillari orasida yanada köproq qurbonlarga olib kelgan va şusiz ham oğir gumanitar vaziyatni yanada çuqurlaştirgan, Ğazodagi anarxiyani kuçaytirgan va Isroilni xalqaro maydonda yanada yakkalantirgan bölardi», — degan u jurnalistlarga.
Sallivan şuningdek Bayden muloqot çoğida Netanyahuga Ğazoda «aniq strategik maqsad» zarurligi haqida gapirganini aytgan.
«Prezident boş vazirga yana bir bor aytdiki, biz HAMASni töliq tor-mor etiş maqsadiga qöşilamiz, ammo buning uçun izçil va barqaror strategiya zarur deb hisoblaymiz», — deya qöşimça qilgan Sallivan.














