Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabariga köra, departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, fuqarolar M.J., M.K. va boşqalar tarkibida inson ruhiyatiga kuçli ta’sir qiluvçi moddasi bölgan 120 dona Pregabalin Capsules nomli dori vositasini fuqaro A.A.ga 4,8 mln sömga sotgan vaqtlarida uşlanib, M.K.ning avtotransport vositasidan tarkibida 0,15 gramm faol giyohvand moddasi mavjud bölgan marixuana hamda 750 ming söm qalbaki pullar aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, prokuraturaga yuborilgan.













