AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Tramp, agar u ğalaba qozonsa, alyansning yevropalik a’zolari öz badallarini «halol» tölar ekan, mamlakatni NATOdan çiqmasligini aytdi. Trampning bu sözlari 19 mart, seşanba kuni Britaniyaning öng qanot telekanali GB News dasturi efirida boşlovçi, «Brekzit» partiyasining sobiq yetakçisi Nayjyel Farajning savoliga javoban eşitildi.
«Qöşma Ştatlar özining adolatli uluşini (NATOdagi mudofaa xarajatlarini) tölaşi kerak va boşqalar uçun tölamasligi kerak», deb ta’kidladi Tramp. Uning fikriça, Şimoliy Atlantika ittifoqi AQŞdan köra Yevropa davlatlari uçun «muhimroq». «Biz bilan Yevropadagi ba’zi muammolar orasida okean bor. Katta va gözal okean», - dedi amerikalik siyosatçi.
Tramp NATOdagi «tölamaydiganlarga» himoyasiz qoldiriş bilan tahdid qildi
10 fevral kuni Janubiy Karolinada bölib ötgan mitingda Donald Tramp NATO davlatlaridan birining rahbari bilan göyoki suhbati haqida gapirib berdi. «Yirik davlatning prezidentlaridan biri örnidan turib, «Xöş, janob, agar biz pul tölamasak va Rossiya bizga hujum qilsa, bizni himoya qilasizmi?» dedi. Bunga javoban, uning sözlariga köra, davlatga himoya taqdim etmasligi, balki aksinça, Rossiyani «xohlaganini qilişga» imkon yaratib berişini aytgan. «Siz tölovlarni tölaşingiz kerak», dedi Tramp AQŞ ittifoqdoşlariga murojaat qilib.
NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Şimoliy Atlantika alyansi harbiy tahdidga qarşi «barça ittifoqçilarni himoya qilişga tayyor va qodir»ligiga işontirdi. Trampning saylovdagi potensial raqibi, AQŞ amaldagi prezidenti Jo Bayden raqibi sözlarini xavfli deb atadi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel esa Yevropa davlatlarini öz mudofaa salohiyatini oşirişga çaqirdi, çunki «Amerika soyaboni abadiy oçiq qolmasligi mumkin».
OAV: Agar ğalaba qozonsa, Tramp Rossiya va Ukrainani tinçlikka majburlamoqçi
15 fevral kuni Bloomberg şuningdek, agar Donald Tramp noyabr oyidagi saylovda ğalaba qozonsa, u Rossiya va Ukrainaga tinçlik muzokaralarini boşlaşi uçun bosim ötkaziş niyatida ekanini ma’lum qilgan. Şu bilan birga, Ukrainaga bosim ötkaziş dastagi yordamni olib taşlaş tahdidi, Rossiyada esa, aksinça, Kiyevga yordamning köpayişi bölişi mumkin, dedi respublikaçi nomzodga yaqin manbalar jurnalistlarga.
Avvalroq Tramp agar saylansa, Ukrainadagi uruşni imkon qadar tezroq tugatişini bir neça bor ta’kidlagan edi.













