Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) Rossiya va Belarus sportçilarining Parijdagi yozgi Olimpiya öyinlarida sportçilar paradida iştirok etişiga ruxsat bermadi. XOQning 19 mart, seşanba kuni e’lon qilgan bayonotida aytilişiça, neytral sportçilar oçiliş marosimida delegatsiyalar paradida iştirok etmaydi, çunki ular individual sportçilardir.

Biroq, paradda iştirok etişga ruxsat berilmagan sportçilar uşbu tadbirda qatnaşiş imkoniyatiga ega böladi, deya qöşimça qildi taşkilot. Qömitaning ta’kidlaşiça, xuddi şunday ssenariy 1992 yilda Barselonada bölib ötgan Olimpiadada Yugoslaviya «mustaqil iştirokçilari»ga nisbatan qöllangan.

XOQ 36 nafar rossiyalik va Belarus pasportiga ega 22 nafar sportçi Fransiya poytaxtida bölib ötadigan Olimpiadaga yöllanma olişini kutmoqda. Ularning Öyinlarning yopiliş marosimida iştirok etişi töğrisidagi qaror keyinroq qabul qilinadi, deyiladi taşkilot xabarida. 

Öyinlarga Rossiya va Belarusdan neytral sportçilarni qabul qiliş 

XOQning 2023 yil dekabrida qabul qilingan qaroriga köra, Rossiya va Belarus sportçilariga öz mamlakatlari bayroqlari va boşqa milliy atributlarsiz faqat neytral maqomdagi musobaqalarga ruxsat beriladi. Rossiya harbiylarining Ukrainaga hujumini faol qöllab-quvvatlayotgan, şuningdek, Rossiya yoki Belarus armiyasi, huquq-tartibot idoralari va uşbu davlatlarning xavfsizlik idoralari bilan aloqador bölgan sportçilar öyinlarda qatnaşa olmaydi. 

Rossiya Olimpiya qömitasi (ROQ) rossiyaliklarning Parijdagi öyinlarda iştirok etişi uçun qöyilgan şartlarni «adolatsiz» deb atadi. Biroq, Rossiya tomoni ROQ «boykot yöli»ni tanlamasligini ta’kidladi. 

Parijda XXXIII yozgi Olimpiya öyinlari 26 iyuldan 11 avgustgaça bölib ötadi. Fransiya poytaxti 1900 va 1924 yillarda yozgi Olimpiya öyinlariga mezbonlik qilgan.