Yevropa yadroviy tadqiqotlar taşkiloti (YeYaTT) noyabr oyida «har qanday Rossiya taşkiloti bilan aloqador» 500 ga yaqin olimlar bilan hamkorlikni töxtatadi. Bu haqda 19 mart, seşanba kuni taşkilot rasmiy vakili Arno Marsole ma’lum qildi, deb yozadi RIA «Novosti».
Marsolening eslatişiça, YeYaTT endi Rossiyadan moliyalaştiriş olmaydi. «Va biz kelajakda Katta adron kollayderidagi vazifalarni boşqa guruhlar öz zimmasiga olişiga tayyorgarlik körmoqdamiz», deya qöşimça qildi u.
YeYaTT dunyodagi eng yirik yuqori energiya fizikasi laboratoriyasi bölib, unga 23 ta a’zo davlat kiradi. Taşkilotning eng maşhur loyihasi Şveytsariya va Fransiya çegarasida joylaşgan zarraça tezlatgiçi Katta adron kollayderidir.
Rossiya 2018 yilda YeYaTT a’zoligidan voz keçdi, ammo ular örtasidagi yaqin hamkorlik davom etdi. 2022 yilning mart oyida Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumidan söng taşkilot Rossiyani kuzatuvçi maqomidan mahrum qildi va yozda 2024 yilda muddati tugaganidan keyin Moskva va Minsk bilan hamkorlik şartnomalarini yangilaş niyatida emasligini bildirdi.
Rossiya ilm-faniga kuçli zarba
YeYaTT tajribalarida iştirok etayotgan rossiyalik fizik, ismini oşkor qilmaslik şarti bilan The Insider naşriga bergan intervyusida hamkorlik töxtatilişi Rossiyadagi eksperimental yuqori energiya fizikasining butun sohasi yöq qilinişini anglatişini aytdi. «YeYaTT - bu dunyoda bunday ilm-fan bölişi mumkin bölgan yagona joy. Kollayder - yagona narsa. Foydalaniş imkoni yöq bölsa - ilm-fan yöq böladi», dedi u.
The Insider suhbatdoşining aniqlik kiritişiça, 500 ga yaqin olimlar «şunçaki Rossiya universitetlari va institutlari mutaxassislari». Biroq, uning sözlariga köra, YeYaTT bilan Dubnadagi Birlaşgan yadro tadqiqotlari instituti (BYaTI)ning 600 ga yaqin olimlari ham işlaydi. Manba ta’kidlaşiça, YeYaTTning u bilan alohida kelişuvi bor, u ham nihoyasiga yetmoqda, ammo bu borada qaror hali qabul qilinmagan.
Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, Moskva fizika-texnika instituti (MFTI) qoşidagi yuqori energiya fizikasi laboratoriyasi mudiri Tagir Auşev «Vedomosti» gazetasiga bergan şarhida munosabatlar uzilişining ilmiy zarari özaro ta’sirga ega bölişini aytdi, çunki rossiyalik mutaxassislar, unga köra, YeYaTT tajribalariga katta hissa qöşgan.













