TIV ma’lumotiga köra, delegatsiyalarga Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev va Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri örinbosari Valid al-Xarijiy rahbarlik qildi.

Muzokaralar çoğida oliy darajada erişilgan kelişuvlarning amalga oşirilişi körib çiqildi. Siyosiy muloqotni faollaştiriş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlaş va özaro munosabatlarning şartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirişdan özaro manfaatdorlik bildirildi.

Tomonlar davlatlararo munosabatlar rivojidagi ijobiy sur’atni qayd etib, ikki mamlakat örtasidagi har tomonlama şeriklikni yanada çuqurlaştiriş uçun barça imkoniyatlarni safarbar qilişga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.

Ikki tomonlama va mintaqalararo xarakterdagi, jumladan, "Markaziy Osiyo – Körfaz hamkorlik kengaşi" şaklida bölib ötadigan qöşma tadbirlar jadvali va taşkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.